×

Angliya: Bio Digital Architecture boʻyicha magistratura kurslari uchun 50 foizli grant


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1815 marta

Angliya Kenterberi shahrida joylashgan University of Kent 2020-yil sentabrda boshlanadigan kurslar uchun Bio Digital Architecture Outstanding Student Award dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant MSc Bio Digital Architecture magistratura kursida oʻqishni xohlagan bilimli talabalarni ragʻbatlantirish uchun beriladi. Grant bir yil ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Kent magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 16 200 dan 19 800 funt-sterlinggacha. Kontrakt hajmi haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga kontraktdan 50 foiz chegirma qilinadi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning MSc Bio Digital Architecture magistratura kursiga ariza topshirgan va oʻqishga taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Baholar A class, 2:1/2:2 yoki ekvivalent boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Grant uchun IELTS kamida 7,0 ball, har bir boʻlimdan kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  5. Arxitektura boʻyicha portfolio, ya’ni nomzodning bajargan/yaratgan ishlari yigʻma jildi topshiriladi (agar mavjud boʻlsa).
  6. Nomzod arxitektura boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  7. Britaniyada oʻqish uchun nomzodning moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.
  8. Stipendiya yutib olgan talabalar universitet tashkil etadigan tadbirlarga yordamchi sifatida jalb etilishlari mumkin.
  9. Nomzod kompyuterda bazaviy ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlari 2020-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Avvalo, qanday qilib hujjat topshirish mumkinligini: shu yerdan batafsil oʻqing.
  2. Universitetga qabul uchun davlatlar boʻyicha kirish talablari koʻrsatilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston yoʻq. shu sababli, aniq ma’lumotni internationalstudent@kent.ac.uk elektron pochtasidan oling.
  3. Barcha talablar mos kelgandan soʻng: shu yerda koʻrsatilgan roʻyxatdan MSc Bio Digital Architecture kursi tanlanadi.
  4. Kurs sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  5. Sahifa oxiridagi “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.
  6. Stipendiya olish uchun ariza oʻqishga kirganlik haqida maʼlumot kelgandan keyin beriladi.
  7. Bio Digital Architecture kursida nima uchun oʻqishni istaysiz, shu haqida 1500 ta soʻzgacha hajmda a short piece of writing (esse) yoziladi.
  8. Esse quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
  • how your academic background/experience meets the demands of this challenging programme;
  • what you aspire to do after graduating from the course.

9. Arizangizni dedlaynga qadar ksapadmissions@kent.ac.uk elektron manziliga joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Bakalavr diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi. Baholar A class, 2:1/2:2 yoki ekvivalent boʻlishi lozim.
  2. Ingliz tili sertifikati. Grant uchun IELTS kamida 7,0 ball, har bir boʻlimdan kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  3. Arxitektura boʻyicha portfolio, ya’ni nomzodning bajargan/yaratgan ishlari yigʻma jildi topshiriladi (agar mavjud boʻlsa).
  4. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  5. Rezyume (agar soʻralsa).
  6. Pasport nusxasi.
  7. Moliyavoy ahvol haqida ma’lumotnoma.
  8. Qoʻshimcha sifatida GRE/GMAT/SAT/ACT sertifikati talab qilinishi mimkin.

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash ularning yozgan essesi, yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli tajriba, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar qisqa muddat ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: ksapadmissions@kent.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!