×

Angliya: Biznes va iqtisodiyot boʻyicha kurslar uchun 50 foizgacha grantlar; joy – 15 ta!


Grant

MUHLAT

21.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2117 marta

Angliyaning Oxford University Said Business School navbatdagi Diploma Scholarships for Women dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan barcha Oxford Diploma Programme kurslariga oʻqishga kirgan xotin-qizlar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega va jtimoiy faol boʻlishi lozim. Grant taxminan 15 nafar talaba xotin-qizlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichlarida oʻqishni xohlagan ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SBS Oxford Diploma Programme kurslarining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 26 000- funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodlarning bir yilga kontrakti 50 foiz qoplanadi yoki 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod ayol kishi boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan Diploma programme dasturlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  7. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar a’lo boʻlishi lozim.
  8. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va tanlangan kurs sahifasidan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Hujjat topshirish 2019-yil 21-oktabrgacha amalga oshiriladi.

Grant alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga bergan ariza ichida grantga ehtiyoj borligini koʻrsatish kifoya.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Tanlanan kurs sahifasidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishing.
  3. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  4. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining Entry requirements” qismida berilgan.
  5. Ariza (Interest form)ni topshiring.
  6. Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni quyidagi muddatlardan biriga suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi.
  7. Ariza topshirish yakunida 150 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  8. Jarayon yuzasidan savollarga kus sahifasi oxiridagi manzillardan oydinlik kiritish mumkin.
  9. Grantga hujjat topshirish. Ariza toʻldirayotganda grantga talabgor ekanligingizni bildirish kerak. Buning uchun arizaning Funding section boʻlimiga siz nima uchun shu stipendiyaga loyiq ekanligingiz haqida 200-400 ta soʻzdan iborat esse yozish kerak.
  10. Eslatma: grant olish uchun oʻqishga koʻrsatilgan dedlayn muddatigacha hujjat topshirish shart.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar iloji boricha a’lo boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,0-7,5 ball ekvivalent boʻlishi kerak.
  • GRE/GMAT sertifikati.
  • CV/resume.
  • Career plan.
  • Written work/yozma ish.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Natijalar qaysi vaqtda hujjat berganingizga qarab eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!