Buyuk Britaniyada joylashgan Warwick univeristeti PhD bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun «Chancellor’s International Scholarship» stipendiyali dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur xalqaro talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
O’qish sohasi: Nomzodlar Warwick universitetdi mavjud bo’lgan istalgan PhD kurslaridan biriga hujjat topshirishi mumkin.
Stipendiya berilishi mo’ljallangan talabalar soni: 25 ta.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Stipendiyani qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Kontrakt puli (tuition fee) to’liq to’lab beriladi.
- Buyuk Britaniyada hayot kechirishi uchun stipendiya bilan ta’minlanadi (2019-2020-o’quv yili uchun ushbu stipendiya miqdori 15 ming 44 funt sterlingni tashkil etadi).
- Nomzodni moddiy jihatdan ta’minlash maksimal uch yarim yilgacha davom etadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod Warwick universitetida 2019-yil oktabrda boshlanadigan semetr uchun PhD kurslaridan biriga hujjat topshirayotgan/topshirgan bo’lishi kerak.
- Nomozd xorijiy talaba bo’lishi va kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzodlar 2019-yilning 19-yanvariga qadar onlayn tarzda ariza topshirishlari lozim. Ariza topshirishda so’ralgan barcha hujjatlar (research proposal va hk) yuklanishi va insholar/izohlar yozilishi kerak. Onlayn ariza topshirish uchun SHU YERNI bosing.
Onlayn ariza topshirilgach, 2019-yilning 25-fevraligacha qo’shimcha hujjatlar (tavsiyanomalar va magistratura baholari) topshirilishi lozim.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar, topshiriladigan hujjatlar va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil SHU YERDA tanishing.
Nomzodlarni baholash tizimi bilan SHU YERDA tanishing.