×

Angliya: Doktorantura uchun barcha xarajatlar qoplanadigan grant; yillik 20 989 funt-sterling stipendiya; joy – 83 ta!


Grant

MUHLAT

12.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2098 marta

Buyuk Britaniyaning Universitetlar Alyansi (Britaniya Universitetlari Assotsiatsiyasi) – University Alliance 2019-2020-oʻquv yili uchun DTA3/COFUND Marie Skłodowska-Curie PhD Fellowship programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant strategik muhim sohalar – sogʻliqni saqlash boʻyicha biologiya fanlari, energetika va ijtimoiy siyosat boʻyicha yuqori malakali fan doktorlari tayyorlash uchun moʻljallangan. Grant Mari Kyuri Fondi tomonidan moliyalashtiriladi. Grant berishning yana bir maqsadi – fanlararo tadqiqotlar olib borishni istagan doktorantlarni ragʻbatlantirish. Grant nomzodning barcha xarajatlarini toʻliq qoplashga moʻljallangan. Grant doktorantura bosqichi talabalariga ajratadi. Grant butun dunyodan Buyuk Britaniyaga oʻqishga kelgan 83 nafar bilimli talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 3 yilga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar sogʻliqni saqlash, sof energiya va ijtimoiy siyosat boʻyicha Britaniya va Yevropa tashkilotlarida ishlashga tayyor boʻlishi kerak. Dasturi fondining umumiy hajmi 6,5 million yevroni tashkil etadi.

Grant Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiyaning quyida koʻrsatilgan 15 ta universiteti doktorantura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga oʻqish davridagi barcha xarajatlar toʻliq qoplab beriladi. Shuningdek, nomzodga yiliga minimal 20 989 funt-sterling stipendiya toʻlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning 2019-yil sentyabrdan boshlanadigan yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan 15 ta universitetning doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod kunduzgi oʻqiyotgan (yaʼni, ilmiy-tadqiqot ishi va dars vaqtida tanlagan universitetida) boʻlishi lozim.
  • Nomzod yuqorida koʻrsatilgan: sogʻliqni saqlash (biologiya fanlari), energetika va ijtimoiy siyosat sohalariga mos yoʻnalishga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqorida koʻrsatilgan universitetlardan birining sogʻliqni saqlash (biologiya fanlari), ijtimoiy siyosat va energetika kurslarida oʻqish uchun beriladi. Avval kursga oʻqishga kirish uchun ariza va hujjat topshirish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi.

Demak, oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshiramiz.

Masalan, University of Brightonning “Bioscience” doktorantura kursiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avvalo universitetning “Applying to Brighton” sahifasidagi roʻyxatdan “Research study” sahifasini tanlaymiz.
  • Sahifada berilgan roʻyxatidan Applying for research degrees”ga kiramiz.
  • Keyin kurslar roʻyxatidanBioscience”ni topamiz.
  • Bioscience sahifasida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq tanishib chiqamiz.
  • “Entry requirements” boʻlimini tanlaymiz. U yerda oʻqishga kirish talablari umumiy koʻrsatilgan.
  • “Before you apply” boʻlimida hujjat topshirishda avval nima qilish kerakligi haqida tavsiyalar berilgan.
  • “Application Deadlines” boʻlimida esa oʻqishga hujjat topshirish muhlati koʻrsatilgan. Aynan shu kurs uchun dedlayn muddati yil davomida. Chet ellik talabgor kursga hujjat topshirgandan keyingi natija uch oydan keyin eʼlon qilinadi.
  • “Making an online application” boʻlimiga kirib, onlayn tarzda ariza toʻldiramiz.
  • “Fees and funding” boʻlimida kontrakt hajmi koʻrsatilgan. Chet ellik talabalar bu kurs uchun tanlangan oʻqish shakliga qarab 14,400-15,830 funt-sterling toʻlaydilar.
  • “Contact Brighton Doctoral College” boʻlimida hujjat topshirish jarayonida tugʻilgan savollarga javob berish uchun Brighton-Doctoral-College@brighton.ac.ukmanziliga murojaat qilish kerakligi berilgan.
  • Roʻyxatdan oʻtamiz va ariza toʻldiramiz.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni ariza bilan birga koʻrsatilgan muddatga qadar joʻnatish lozim.

Tanlangan universitet va kursga qarab hujjat topshirish jarayoni va tarkibi farq qiladi. Maqolaning boshida koʻrsatilgan 15 ta universitet veb-sahifalaridan hujjatlar va dedlaynga bogʻliq maʼlumotlarni aniqlang. Savolar tugʻilganda universitetlar sahifasida berilgan manzillarga murojaat qilib aniqlik kiriting.

Kerakli hujjatlar tarkibi (oʻqishga kirishga):

  • Oʻqishga hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilib, soʻralgan hujjatlarni ilova qilib joʻnatiladi.
  • Magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Ingliz tili testi (IELTS kamida 6.5-7.0 yoki ekvivalent) sertifikati. Tanlangan universitet va kursga qarab ingliz tilini bilishga talablar farq qilishi mumkin. Bu haqida maʼlumotlarni tanlagan universitetingizdan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot. Ariza berayotgan vaqtda Britaniyaga kelib oʻqishda muammo yoʻqligini tasdiqlash kerak boʻladi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Grantga ariza berish. Grantga onlayn tarzda ariza beriladi. Arizani toʻldirib, quyidagi hujjatlar bilan birga joʻnatish kerak:

  • Bunda nima uchun grantga ariza berayotganingiz, nima sababli grantga loyiqlingiz koʻrsatiladi.
  • Magistr diplomi va ilovasi.
  • Ingliz tili sertifikati.

Nomzodlar grantga qoʻyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Aʼlo baholari (akademik koʻrsatkichlari, oʻzlashtirishi).
  2. Moliyaviy yordamga muhtojligi.
  3. Kelajakdagi rejalari.
  4. Tadqiqot uchun topshirgan loyihasining dolzarbligi.
  5. Fanlararo tadqiqotlar olib borishga tayyorligi.
  6. Tanlagan sohasi boʻyicha tajriba va salohiyatga egaligi.

Natijalar dedlayndan keyin tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan murojaat qilish uchun:

Manzil:
University Alliance
10-11 Carlton House Terrace
London
SW1Y 5AH

Telefon: 0207 839 2757

Masʼul shaxslar: Jennie Eldridge, Head of Doctoral Programmes – jennie@unialliance.ac.uk

Kal Kohli, DTA Programmes Co-ordinator – kal@unialliance.ac.uk (biologiya fanlari va ijtimoiy siyosat boʻyicha)

Ben Diette, DTA Programmes & Communications Officer – ben@unialliance.ac.uk (energetika va ijtimoiy siyosat boʻyicha)

Heather Bennett, DTA3/COFUND dasturi menejeri – heather@unialliance.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!