×

Angliya: Fotosuratlar tanlovi; taqdirlash marosimi Londonda; bosh sovrin – 25 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

14.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1672 marta

World Photography Organization tashkiloti barcha professional va havaskor fotosuratchilarni Sony tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan 2020 Sony World Photography Awards fortosuratlar tanlovida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.

Tanlovda arxitektura, tabiat, yovvoyi olam, ixtirolar, hujjatli suratlar, atrof-muhit, landshaft va hokazo toifadagi suratlar bilan ishtirok etishi mumkin. Qatnashchilar 5 tadan 10 tagacha surat topshira olailar.

Grant kimlar uchun?

Fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda qatnashish bepul. Tanlovda yutib chiqqan gʻoliblarga mukofotlar 2020-yil aprel oyida Londonning Somerset Houseda boʻlib oʻtadigan Sony World Photography Awards taqdirlash marosimida tantanali ravishda topshiriladi. Gʻoliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • Bosh gʻolib 25 000 USD pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • Har bir toifa boʻyicha 10 tadan gʻolibga Londonning Somerset Houseda boʻlib oʻtadigan Sony World Photography Awards taqdirlash marosimida qatnashish uchun bepul aviachiptalar olib beriladi hamda marosim oʻtkaziladigan muddat ichida yashash xarajatlari qoplab beriladi.
  • 1, 2 va 3-oʻrin sohiblariga Sony World Photography Awards taqdirlash marosimida qatnashish uchun chipta, Sony World Photography Awards bookda ishlari chop etiladi va Londonning Somerset Houseda tashkil etiladigan koʻrgazmada ishtiok etish imkoniyati beriladi.
  • Barcha nomlari qayd etilgan nomzodlarning ishlari ushbu koʻrgazmada namoyish etiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod har bir toifa/boʻlimga kamida 5 ta, koʻpi bilan 10 tagacha surat taqdim eta oladi.
  3. Nomzod istagan toifaga 10 tagacha surat topshirishi mumkin.
  4. Nomzod arxitektura, tabiat, yovvoyi olam, ixtirolar, hujjatli suratlar, atrof-muhit, landshaft va hokazo toifadagi suratlar bilan ishtirok etishi mumkin.
  5. Taqdim etiladigan suratlar surat joylashtirilayotgan boʻlim/toifaning mazmuniga mos kelishi kerak.
  6. Suratlar avval e’lon qilinmagan boʻlishi zarur.

Tanlov boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 14-yanvargacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Arizani: shu yerda toʻldirasiz.
  2. Tanlangan toifa/boʻlimga suratni biriktirib joʻnatish kerak.
  3. Agar jarayonda biror muammoga duch kelsangiz: shu yerdagi javoblardan oydinlik kiriting.
  4. Saralash 15-31- yanvarda oʻtkaziladi.

Savollar bilan: shu yerga yoki shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!