×

Angliya: Insholar tanlovi; bosh sovrin – 7 000 yevro!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

6056 marta

Angliyaning Independent Social Research Foundation (ISRF) nashri Cambridge Journal of Economics (CJE) nashri bilan hamkorlikda ijtimoiy xulq va uni tahlil qilishga oid mavzuda ISRF Essay Competitions insholar tanlovini o‘tkazmoqda. Insho mavzusi: “What is the place of Digital Information Technology in the Economy?”. Insholar shu mavzu qamrab olishi mumkin boʻlgan mavzularda erkin yoziladi.

G‘oliblarning insholari va boshqa namunali insholar “Cambridge Journal of Economics” jurnalida chop etiladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻolibi boʻlgan insho egasiga bosh sovrin – 7000 yevro beriladi. Nashrdan avval mualliflar o‘z ishlariga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin. Qolganlar o‘z ishlarini qayta ko‘rib chiqishlari va yangidan jurnal tahririyatiga jo‘natishlari uchun mutaxassis maslahatlarini olishlari mumkin. Olinadigan mukofotlar soliqqa tortilmaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan boʻlishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  2. Insho berilgan mavzuga muvofiq bo‘lishi lozim.
  3. Insho hajmi – ko‘pi bilan 10 000 ta so‘z bo‘lishi kerak.
  4. Insho ingliz tilida yozilishi lozim.
  5. Nomzod insho biriktirilgan maktubda yuborilayotgan insho asosiy sovg‘a konkursida qatnashishi kerakli haqida aytib o‘tish lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun nomzod onlayn arizani toʻldirib boshqa talab qilingan hujjatlar bilan birga tahririyatga taqdim etishi zarur. Dasturda faqat onlayn arizalar qabul qilinadi. Ishlar 2020-yilning 31-martiga qadar qabul qilinadi. Inshoni topshirayotganda essayprize2020@isrf.org manziliga insho sovgʻa tanlovida qatnashish uchun nomzod ekani koʻrsatilgan cover letter ham joʻnatish kerak.

Hujjat topshirishdan avval: shu yerdagi mualliflar uchun berilgan ma’lumotlarni batafsil oʻqib chiqing va oʻsha yerda koʻrsatilgan tartibda insho topshiring.

Hujjat topshirayotganda mualliflardan ORCID saytida roʻyxatdan oʻtish soʻraladi.

Inshoni baholash mezonlari: shu yerda batafsil berilgan.

Inshoni rasmiylashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Inshtirokchilar tanlov natijalari haqida elektron pochta orqali bilib oladilar.

Barcha insholar ingliz tilida boʻlishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumot bilan grant beruvchining rasmiy saytida yoki savol-javoblardan bilib olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: essayprize2020@isrf.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!