×

Angliya: Inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha trening uchun to`liq grant; 2750 funt-sterlinggacha stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3097 marta

Angliyaning Nottingem shahrida joylashganUniversity of Nottingham inson huquqlarini himoya qilish sohasi vakillaridan Anamax Charitable Foundation Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Human Rights Law Centreda o`tkaziladian International Human Rights Law Short Course qisqa muddatli trening-kursda ishtirok etish uchun beriladi. Trening Nottingemda 2019-yil 30-sentabrdan 13-dekabrgacha 10 hafta davomida bo`lib o`tadi. Unda qantashgan mutaxassislar o`rgangan bilimlarini o`z Vatanlarida amaliyotga joriy qilishlari kutilmoqda.

Grant kimlar uchun?

Inson huquqlarini himoya qilish sohasi vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. 2019-yil 30-sentabrdan 13-dekabrgacha 10 hafta mobaynida Nottingemda yashash va transport xarajatlari uchun 2750 funt-sterlinggacha mablag’ beriladi.
  2. Dastur grant yutib olgan nomzodning kursda ishtirok etishi uchun 2950 funt-sterling kontrakt pulini to`lab beradi.
  3. Tashkilot nomzodga viza olishda amaliy yordam ko`rsatadi.

Grant ovqatlanish, tibbiy sug`urta va kundalik sarflar uchun boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha rivojlanayotgan davlatlar vakillari ariza bera oladi (O`zbekiston kiradi).
  • Ayni vaqtda inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy va mahalliy organlarda ishlayotgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin (masalan, milliy yoki mahalliy hukumat tashkilotlari, sud-huquq tizimi, ombudsman va h.k.).
  • Mahalliy yoki milliy huquqni himoya qilish tashkilotlarida volontyor bo`lib ishlayotgan nomzodlar ariza topshira oladi.
  • O`zini inson manfaatlarini himoya qiluvchi deb hisoblagan nomzodlar ariza berishlari mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursda qatnashish uchun IELTS kamida 6,5 bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish. Grant uchun qabul qilingan ariza shakli mavjud emas. Shuning uchun nomzod 1000 ta so`zgacha hajmdagi statementni CV (rezyume) bilan birgalikda 2019-yil 5-iyulgacha hrlc@nottingham.ac.uk pochtasiga jo`natish kerak. Nomzod statementda nima uchun treningda ishtirok etmoqchi ekanligi, o`rgangan bilimlarini qanday amaliyotga tadbiq etishi va grantga nima uchun munosibligi haqida yozishi kerak.

Nomzodlar grantga inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi bilimlari, ish tajribasi, moliyaviy yordamga muhtojligi, kelajakdagi rejalari kabilarga asosan saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin tez fursatda xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:  hrlc@nottingham.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!