×

Angliya: Keele Universityda bakalavriat bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

10.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

968 marta

Angliyaning Straffordshir shahrida joylashgan Keele University navbatdagi Keele International Excellence Scholarship Undergraduate dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning bakalavriat bosqichlari va Foundation Year kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir-to`rt yilgacha beriladi. Grantga nomzod a’lochi va salohiyatli, akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish toʻlovi bakalavriat kurslarida tanlangan kursga qarab farq qiladi va taxminan 14 320 – 18 000 funt-sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 2 500 funt-sterling chegirma qilinadi. Bu grantga hujjat topshirgan nomzodlar yana qoʻshimcha Keele Developing Countries Scholarship grantini ham olishlari mumkin.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2019-yil sentabrda boshlanadigan bakalavriat yoki Foundation Year kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 5,0 boʻlishi kerak.
  5. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki
  6. Foundation Year diplomi soʻralishi mumkin.
  7. Tibbiyot sohalari boʻyicha Foundation Year kurslariga hujjat topshirgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  8. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish muddati tanlangan kursga qarab farq qiladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Aniq dedlayn muddati koʻrsatilmaganligi va oʻqish sentabr oyida boshlanishini hisobga olib, muddat shartli ravishda 10-avgust, deb olindi.

Ariza topshirish uchun How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing va UCAS tizimi orqali ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va ilovasi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 5,0 boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxas
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: international@keele.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!