×

Angliya: Keele Universityda magistratura bosqichi uchun 5 000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

10.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

952 marta

Angliyaning Straffordshir shahrida joylashgan Keele University navbatdagi Keele International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning 2019-yil oktabrda boshlanadigan magistratura (taught) bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilgacha beriladi. Grantga nomzod a’lochi va salohiyatli, akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish toʻlovi 2019-oʻquv yiliga magistratura (taught) kurslarida esa tanlangan kursga qarab farq qiladi va taxminan 14 835 funt-sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 1 000 dan 5 000 funt-sterlinggacha chegirma qilinadi. Bu grantga hujjat topshirgan nomzodlar yana qoʻshimcha 1 000 funt-sterling grant olishlari mumkin.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2019-yil oktabrda boshlanadigan magistratura (taught) kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida 1st/2:1/2:2 ijobiy boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod bakalvrdiplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat soʻralishi mumkin.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning magistratura (taught) kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish muddati yil davomida. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga topshirilgan hujjatlar asosida nomzodlar grantga saralanadi. Aniq dedlayn muddati koʻrsatilmaganligi va oʻqish oktabr oyida boshlanishini hisobga olib, muddat shartli ravishda 10-avgust, deb olindi.

Ariza topshirish uchun How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing va ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Diplom va diplom ilovasi. Baholar 1st/2:1/2:2 boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxas
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi. Batafsil ma’lumot: shu yerda.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: international@keele.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!