×

Angliya: Kompyuter fanlari bo‘yicha PhD uchun qisman grant; yillik 14,777 funt-sterling stipendiya


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1058 marta

Angliyaning Birmingem shahrida joylashgan Aston University PhD bosqichi uchun PhD Studentship – Intelligent Systems, Software Engineering, Human-Computer Interaction dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Engineering and Applied Scienceda  PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Grant to‘rt yilga beriladi. Grant yutib olgan tadqiqotchi ALICE, HCI yoki Software Engineering research groupslardan birida multi-agent systemsevolutionary computationswarm intelligenceartificial social agentsmachine learningself-adaptiveself-organising va self-aware systems muammolari bo‘yicha tadqiqot olib boradi. Nomzod, shuningdek, haftasiga 6 soat bakalavr kurslariga onlayn platforma orqali dars berishi kerak.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. To‘rt yilga Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun kontrakt hajmdagi kontrakt pulini qisman qoplab
  2. To‘rt yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 14,777 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Dastur kontrakt pulining faqat Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun to‘lash kerak bo‘lgan qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan 12,290 funt-sterling qismini chet ellik nomzodning o‘zi to‘lashi kerak bo‘ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning Engineering and Applied Scienceda  PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Odatda baholar 2:1 bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod Aston universiteti talablariga mos bo‘lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6,5 (barcha bo‘limlardan kamida 6,0) bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod mos keladigan soha bo‘yicha bakalavr/magistr (Bachelor Hond., MSc/MRes) diplomiga ega bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Engineering and Applied Scienceda  PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 30-iyungacha.

O‘ishga hujjat topshirish tartibi va talablari: shu yerda berilgan.

Savollar yuzasidan Dr Alina Patelliga a.patelli2@aston.ac.uk elektron manzili orqali murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Personal statement.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 bo‘lishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ro‘yxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar so‘ralishi mumkin.
  • Ish tajribangiz haqida ma’lumot.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga  aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan 6 hafta keyin elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: recruitment@aston.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!