Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Edgware Academy Scholarship Program 2019 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 4 hafta (bir oy)ga mo`ljallangan. Grant 16 va undan katta yoshdagi ingliz tilini o`rganishni istaganlarga beriladi. Grant 2019-2020-yillar davomida tashkil etiladigan kurslardan istalgan bittasida o`qish imkonini yaratadi.
Grant kimlar uchun?
16 yosh va undan kattalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Edgware Academy ingliz tili kurslarida oʻqish toʻlovi 4 hafta (bir oy)ga taxminan 665 funt-sterling.
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- 4 haftalik til kursida o`qish imkoniyati beriladi.
- 100% kurs to`lovi qoplanadi.
- Bir haftada 15 soat General English o`qitiladi.
- Bir haftada 5 soat Speaking class o`qitiladi.
- O`quv qurollari olib beriladi.
- Student Card (for student discounts) ajratadi.
- Kursni tamomlaganlik haqida sertifikat beriladi.
- Viza rasmiylashtirishda amaliy yo`rdam ko`rsatiladi.
Grant yashash, tibbiy sug`urta va transport kabi xarajatlarni qoplamaydi. Ularni talabaning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
- Nomzod 16 va undan katta yoshda boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini bilishi zarur. Ingliz tilini hech bo`lmasa elementary darajasida bilish kerak.
- Nomzod esse yozib topshirishi kerak bo`ladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar akademiyaning ingliz tili kursida o`qish uchun beriladi. Grantga arizalar 2019-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi. Ariza to`ldirish uchun SCHOLARSHIP APPLICATION FORM 2019ni yuklab olib, to`diriladi va 2 ta mavzuda yozilgan esselar bilan birga dedlayngacha scholarships@edgwareacademy.co.uk manziliga jo`natiladi. Esse mavzulari:
- Choose a person or persons you admire and explain why.
- Winston Churchill believed ‘a joke is a very serious thing.’ Tell us your favourite joke and try to explain the joke without ruining it.
Nomzodlarni saralash ularning yozgan essesi, ingliz tilini o`rganishga qiziqishi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga dedlayndan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.
Bog`lanish uchun: scholarships@edgwareacademy.co.uk