×

Angliya: Londonda ingliz tilini o`rganish uchun to`liq grant


Grant

MUHLAT

15.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

7487 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Edgware Academy Scholarship Program 2019 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 4 hafta (bir oy)ga mo`ljallangan. Grant 16 va undan katta yoshdagi ingliz tilini o`rganishni istaganlarga beriladi. Grant 2019-2020-yillar davomida tashkil etiladigan kurslardan istalgan bittasida o`qish imkonini yaratadi.

Grant kimlar uchun?

16 yosh va undan kattalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Edgware Academy ingliz tili kurslarida oʻqish toʻlovi 4 hafta (bir oy)ga taxminan 665 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. 4 haftalik til kursida o`qish imkoniyati beriladi.
  2. 100% kurs to`lovi qoplanadi.
  3. Bir haftada 15 soat General English o`qitiladi.
  4. Bir haftada 5 soat Speaking class o`qitiladi.
  5. O`quv qurollari olib beriladi.
  6. Student Card (for student discounts) ajratadi.
  7. Kursni tamomlaganlik haqida sertifikat beriladi.
  8. Viza rasmiylashtirishda amaliy yo`rdam ko`rsatiladi.

Grant yashash, tibbiy sug`urta va transport kabi xarajatlarni qoplamaydi. Ularni talabaning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod 16 va undan katta yoshda boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini bilishi zarur. Ingliz tilini hech bo`lmasa elementary darajasida bilish kerak.
  4. Nomzod esse yozib topshirishi kerak bo`ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar akademiyaning ingliz tili kursida o`qish uchun beriladi. Grantga arizalar 2019-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi. Ariza to`ldirish uchun  SCHOLARSHIP APPLICATION FORM 2019ni yuklab olib, to`diriladi va 2 ta mavzuda yozilgan esselar bilan birga dedlayngacha scholarships@edgwareacademy.co.uk manziliga jo`natiladi. Esse mavzulari:

  1. Choose a person or persons you admire and explain why.
  2. Winston Churchill believed ‘a joke is a very serious thing.’ Tell us your favourite joke and try to explain the joke without ruining it.

Nomzodlarni saralash ularning yozgan essesi, ingliz tilini o`rganishga qiziqishi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayndan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Bog`lanish uchun: scholarships@edgwareacademy.co.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!