Angliyaning Oxford University navbatdagi Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Oksfordda oʻqitiladigan asosan magistratura kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir-ikki yilga ajratiladi. Grant quyidagi yoʻnalishlar uchun taalluqli:
- BCL Bachelor of Civil Law
- MBA Master of Business Administration
- MJur Magister Juris
- MPP Master of Public Administration and Policy
- MSc African Studies
- MSc Biodiversity, Conservation and Management
- MSc Comparative Social Policy
- Msc Computer Science
- MSc Contemporary Chinese Studies
- MSt Diplomatic Studies
- MSc Economics for Development
- MSc Education (Comparative and International Education)
- MSc Education (Higher Education)
- MSc Environmental Change and Management
- MSc Evidence-Based Social Intervention and Policy Evaluation
- MSc Financial Economics
- MSc Global Governance and Diplomacy
- MSc Global Health Science
- MSc International Health and Tropical Medicine
- MSt Islamic Studies and History
- MSt Jewish Studies
- MSt Korean Studies
- MSc Latin American Studies
- MSc Law and Finance
- MSc Mathematical Modelling and Scientific Computing
- MSc Migration Studies
- MSc Modern Middle Eastern Studies
- MSc Modern South Asian Studies
- MSc Nature, Society and Environmental Governance
- MSc Refugee and Forced Migration Studies
- MSc Social Science of the Internet
- MSc Water Science, Policy and Management
Grant kimlar uchun?
Ьagistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling.
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- 1-2 yilgacha kontrakti toʻliq qoplanadi.
- 1-2 yilgacha yashash xarajatlari uchun yillik 15 009 funt-sterling stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2020-yildan boshlab universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
- Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
- Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
- Nomzod eng yuqori natijalarni koʻrsatishi kerak. Shuningdek, moliyaviy yordamga muhtojlik ham inobatga olinadi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar a’lo boʻlishi lozim.
- Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
- Nomzod oʻqish tugagandan keyin oʻz Vataniga qaytib ketishi shart.
Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant 2020-yildan boshlab yuqorida koʻrsatilgan kurslardan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga hujjat topshirish 2020-yil 15-24-yanvargacha, grantga esa aynan oʻqishga ariza bergan vaqtda ariza topshirasiz. Grant olishni istasangiz, imkon qadar erta hujjat topshiring.
Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- Tanlangan kurs sahifasiga kiring.
- Avvalo Applying sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
- Umumiy kirish talablarini shu yerdan, ingliz tili talablarini esa shu yerdan oʻrganib chiqing.
- Maxsus kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
- Tanlangan kurs sahifasidagi “Apply” yozuvi orqali ariza topshiring.
- Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
- Grantga hujjat topshirish. Shu yerdan ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring va oʻqishga tayyorlagan hujjatlar bilan birga topshiring.
- Eslatma: hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlarini batafsil oʻrganing.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Toʻldirilgan arizalar.
- Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar iloji boricha a’lo boʻlishi lozim.
- Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- Qoʻshimcha GRE/GMAT/LSAT sertifikati soʻralishi mumkin.
- Pasport nusxasi.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.
Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.
Natijalar 2020-yil may oyida eʼlon qilinadi:
Bogʻlanish uchun: tashkilotchining rasmiy sayti yoki info@whtrust.org manziliga murojaat qiling.