×

Angliya: Magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant, yashash xarajatlariga 15 000 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

24.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4205 marta

Angliyaning Oxford University navbatdagi Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Oksfordda oʻqitiladigan asosan magistratura kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir-ikki yilga ajratiladi. Grant quyidagi yoʻnalishlar uchun taalluqli:

  • BCL Bachelor of Civil Law
  • MBA Master of Business Administration
  • MJur Magister Juris
  • MPP Master of Public Administration and Policy
  • MSc African Studies
  • MSc Biodiversity, Conservation and Management
  • MSc Comparative Social Policy
  • Msc Computer Science
  • MSc Contemporary Chinese Studies
  • MSt Diplomatic Studies
  • MSc Economics for Development
  • MSc Education (Comparative and International Education)
  • MSc Education (Higher Education)
  • MSc Environmental Change and Management
  • MSc Evidence-Based Social Intervention and Policy Evaluation
  • MSc Financial Economics
  • MSc Global Governance and Diplomacy
  • MSc Global Health Science
  • MSc International Health and Tropical Medicine
  • MSt Islamic Studies and History
  • MSt Jewish Studies
  • MSt Korean Studies
  • MSc Latin American Studies
  • MSc Law and Finance
  • MSc Mathematical Modelling and Scientific Computing
  • MSc Migration Studies
  • MSc Modern Middle Eastern Studies
  • MSc Modern South Asian Studies
  • MSc Nature, Society and Environmental Governance
  • MSc Refugee and Forced Migration Studies
  • MSc Social Science of the Internet
  • MSc Water Science, Policy and Management

Grant kimlar uchun?

Ьagistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. 1-2 yilgacha kontrakti toʻliq qoplanadi.
  2. 1-2 yilgacha yashash xarajatlari uchun yillik 15 009 funt-sterling stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yildan boshlab universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  4. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  5. Nomzod eng yuqori natijalarni koʻrsatishi kerak. Shuningdek, moliyaviy yordamga muhtojlik ham inobatga olinadi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  7. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar a’lo boʻlishi lozim.
  8. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
  9. Nomzod oʻqish tugagandan keyin oʻz Vataniga qaytib ketishi shart.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant 2020-yildan boshlab yuqorida koʻrsatilgan kurslardan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga hujjat topshirish 2020-yil 15-24-yanvargacha, grantga esa aynan oʻqishga ariza bergan vaqtda ariza topshirasiz.  Grant olishni istasangiz, imkon qadar erta hujjat topshiring.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Tanlangan kurs sahifasiga kiring.
  3. Avvalo Applying sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  4. Umumiy kirish talablarini shu yerdan, ingliz tili talablarini esa shu yerdan oʻrganib chiqing.
  5. Maxsus kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  6. Tanlangan kurs sahifasidagi “Apply” yozuvi orqali ariza topshiring.
  7. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  8. Grantga hujjat topshirish. Shu yerdan ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring va oʻqishga tayyorlagan hujjatlar bilan birga topshiring.
  9. Eslatma: hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlarini batafsil oʻrganing.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar iloji boricha a’lo boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Qoʻshimcha GRE/GMAT/LSAT sertifikati soʻralishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar 2020-yil may oyida eʼlon qilinadi:

Bogʻlanish uchun: tashkilotchining rasmiy sayti yoki info@whtrust.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!