Angliyaning Bristol shahrida joylashgan University of Bristol 2020-2021-oʻquv yili uchun Think Big Postgraduate Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning istalgan magistratura va doktorantura (Postgraduate) kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriadi. Grant salohiyatli va iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant bir yil muddatga ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University of Bristol magistratura va doktorantura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba 2020-2021-oʻquv yiliga taxminan 17 200 dan 21 700 funt-sterlinggacha kontrakt toʻlaydi.
Grant yutib olgan talabalarga kontraktdan 5 000 funt-sterlingdan 20 000 funt-sterlinggacha chegirma qilinadi.
Dastur stipendiya yutib olgan nomzodning yashash, oʻquv qurollari, tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod universitetning magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga 2020-yil sentyabrdan oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlagan sohasi boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning magistratura yoki doktorantura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. Oʻqishga hujjat topshirish muhlati tanlangan kursga qarab 2019-yil oktabrdan 2020-yil yozgacha. Grant dasturi uchun bir necha mart ariza beish mumkin. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 29-mart. Grant olishni xohlasangiz, iloji boricha erta hujjat topshiring.
Oʻqishga hujjat topshirishga yoʻriqnoma bilan toʻliq tanishib chiqing.
Oʻqishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- Apply sahifasida hujjat topshirish tartibi berilgan, batafsil oʻrganib chiqing.
- Onlayn registratsiyadan oʻting.
- Oʻqishga kirish talablari bilan tanishing.
- Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni topshiring.
Grantga ariza berish. Ariza berishdan oldin yoʻriqnoma bian tanishing. Grant arizasini onlayn tarzda toʻldirish kerak. Arizada quyidagi maʼlumotlar yoziladi:
- Shaxsiy maʼlumotlar.
- Esse. Esse 3 ta savolga javob koʻrinishida, 200 ta soʻzdan iborat boʻlishi lozim. Savollar quyidagicha:
- We are looking to support the brightest and best individuals who will actively contribute to the development of their nation in the future. Please describe any special attributes or accomplishments that you think make you deserving of a Think Big scholarship?
- We are looking for scholars who will be great ambassadors for the University. Please give an example of when you have recently contributed to your community?
- We would like to support students who have clear goals for their future. Please explain how studying your chosen programme at the University of Bristol will help you to ‘Think Big’ and shape your plans after graduation?
- Stipendiya haqida maʼlumotlar.
Kerakli hujjatlar (umumiy):
- Shaxsiy ariza. Arizalar tanlangan kursga qarab turlicha yoziladi. Shuning uchun shu yerdan kerakli shaklni topish lozim.
- Diplom va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
- Tanlangan yoʻnalishga qarab SAT/ACT/GMAT/GRE kabi boshqa sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 6,0-6,5, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
- Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.
- Research proposal topshirilishi mimkin.
Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.
Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi, a`lo baholari, pesearch proposal, yangi gʻoyalar va kelajakdagi rejalari asosida saralanadilar.
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar 2020-yil 24-aprelgacha elektron pochta orqali ogohlantiriladi.
Maʻlumot uchun: pg-funding@bristol.ac.uk; choosebristol-pg@bristol.ac.uk