Angliyada joylashgan Goldsmiths, University of London magistratura kurslari uchun mo’ljallangan Goldsmiths Excellence Fee Waiver dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Universitet san’at, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo`yicha ta’lim beradi. kurs Grantlar universitetdagi Taught Masters magistratura kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Grant o’qishga qabul uchun qaror chiqqach avtomatik tarzda belgilanadi. Grant bir marta berilishi mo`ljallangan.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitet magistratura bosqichi kontrakt miqdorlari kurslarga qarab farq qiladi. To`liq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan topasiz.
Grant yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 30 foiz chegirma qilinadi.
Grant talabaning yashash va tibbiy sug`urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning o`zi to`lashi kerak.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar kamida 70%ga ijobiy bo`lishi lozim.
- Nomzod Goldsmiths univeristeti Taught Masters magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Odatda kamida IELTS 6,5 so`raladi. Batafsil ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
- Bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
- Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.
- Master of Research, Postgraduate Research va PhD kurslari talabalari bu grantga ariza bera olmaydi.
- Goldsmiths Alumni Fee Waiver grantiga ariza bergan nomzodlar bu grantga hujjat topshia olmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, o`qishga kirish uchun UCAS sayti orqali onlayn ariza berish yetarli. Universitetning Taught Master kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grant uchun nomzod hisoblanadi. Grantlar 2019-yilning 31-mayiga qadar belgilanadi.
Universitet magistratura kurslariga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Rasmiy qidiruv sahifasiga kirib, sizni qiziqtirgan magistratura kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.
- Hujjat topshirish uchun talablar haqidagi to’liq ma’lumot esa shu yerda berilgan.
- Shu yerda ingliz tili talablari ko`rsatilgan.
- Undan so`ng UCAS rasmiy sayti orqali ariza bering. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.
- Qanday qilib hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot bilan: shu yerda tanishing.
Hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar kamida 70% ijobiy bo`lishi kerak.
- Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab bo`yicha IELTS kamida 6,5 bo`lishi kerak.
- Tanlangan kursga qarab qo`shimcha sertifikatlar so`ralishi mumkin.
- Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.
Grant bo`yicha barcha talablar: shu yerda ko`rsatigan.
Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik bo`yicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: shu yerdagi tegishli bo`limlarga murojaat qiling.
Manzil: Goldsmiths, University of London
New Cross
London
SE14 6NW
UK
Telefon: +44 (0)20 7919 7171.