Angliyaning Bristol shahrida joylashgan University of Bristol 2019-2020-oʻquv yili uchun Global Accounting and Finance Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning biznes, bank ishi va buxgalteriya sohalari bo`yicha magistratura (MSc) kurslarida o`qishni istagan talabalarga beriadi. Grant salohiyatli va iqtidorli talabalarni rag`batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant 8 nafar nomzodga bir yil muddatga ajratiladi. Grant quyidagi kurslarga hujjat topshirgan nomzodlarga beriladi:
- MSc Accounting and Finance
- MSc Accounting, Finance and Management
- MSc Banking, Regulation and Financial Stability
- MSc Economics, Accounting and Finance
- MSc Finance and Investment.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University of Bristol magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba 2019-2020-o`quv yiliga taxminan 17 200 dan 21 700 funt-sterlinggacha kontrakt to`laydi.
Grant yutib olgan 8 nafar talabaga 5 000 funt-sterlingdan pul beriladi.
Bu pulni kontrakt toʻlash uchun sarflash mumkin.
Dastur stipendiya yutib olgan nomzodning yashash, o`quv qurollari, tibbiy sug`urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi.
Ushbu grantga hujjat topshirgan nomzodlar avtomatik tarzda Think Big Postgraduate grantiga ham da’vogar hisoblanadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod universitetning yuqorida ko`rsatilgan magistratura kurslaridan biriga 2019-yil sentyabrdan oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod kontraktda o`qiydigan chet ellik talaba sifatida ro`yxatda turishi lozim.
- Nomzod tanlagan sohasi bo`yicha bakalavr diplomiga ega bo`lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning yuqorida ko`rsatilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak. O`qishga hujjat topshirish dedlayni 2019-yil 31-iyulgacha. Grant dasturi uchun 2019-yil 30-iyungacha ariza berish mumkin. Grant olishni xohlasangiz, iloji boricha erta hujjat topshiring.
Oʻqishga hujjat topshirishga yoʻriqnoma bilan toʻliq tanishib chiqing.
O`qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Rasmiy qidiruv sahifasidan kerakli kursni tanlang.
- Shu yerda hujjat topshirish tartibi berilgan, batafsil o`rganib chiqing.
- Onlayn registratsiyadan oʻting.
- Oʻqishga kirish talablari bilan tanishing.
- Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni topshiring.
Grantga ariza berish. Ariza berishdan oldin yo`riqnoma bilan tanishing. Grant arizasini onlayn tarzda toʻldirish kerak. Ariza Think Big granti bilan bitta shaklda. Shuning uchun savollar ham bir xil. Arizada quyidagi maʼlumotlar yoziladi:
- Shaxsiy maʼlumotlar.
- Esse. Esse 3 ta savolga javob ko`rinishida, 200 ta so`zdan iborat bo`lishi lozim. Savollar quyidagicha:
- We are looking to support the brightest and best individuals who will actively contribute to the development of their nation in the future. Please describe any special attributes or accomplishments that you think make you deserving of a Think Big scholarship?
- We are looking for scholars who will be great ambassadors for the University. Please give an example of when you have recently contributed to your community?
- We would like to support students who have clear goals for their future. Please explain how studying your chosen programme at the University of Bristol will help you to ‘Think Big’ and shape your plans after graduation?
- Stipendiya haqida maʼlumotlar.
Kerakli hujjatlar (umumiy):
- Shaxsiy ariza. Arizalar tanlangan kursga qarab turlicha yoziladi. Shuning uchun shu yerdan kerakli shaklni topish lozim.
- Diplom va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha kamida 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
- Tanlangan yo`nalishga qarab SAT/ACT/GMAT/GRE kabi boshqa sertifikatlar so`ralishi mumkin.
- Ingliz tili testi sertifikati (kamida IELTS 6,0-6,5, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy holat haqida hujjat talab qilinishi mumkin.
- Tavsiyanoma so`ralishi mumkin.
- Research proposal topshirilishi mimkin.
Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.
Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi, a`lo baholari, pesearch proposal, yangi g`oyalar va kelajakdagi rejalari asosida saralanadilar.
Saralashdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar 2019-yil 19-iyulgacha elektron pochta orqali ogohlantiriladi.
Maʻlumot uchun: pg-funding@bristol.ac.uk; choosebristol-pg@bristol.ac.uk