×

Angliya: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant, yillik 15,285 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

05.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3655 marta

Angliyaning Oxford University navbatdagi Ertegun Graduate Scholarship Programme in the Humanities dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant rivojlanayogan mamlakatlar roʻyxatiga (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor) kiruvchi davlatdan boʻlgan, universitetda PhD tadqiqotini olib borishni xohlagan xorijlik tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Grant uch-toʻrt yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. 3-4 yilgacha kontrakti toʻliq qoplanadi.
  2. 3-4 yilgacha yashash xarajatlari uchun 15,285 funt-sterling stipendiya beriladi.
  3. Ertegun Housedan foydalanish huquqi beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan fuqarolar ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2021-yildan boshlab Oksfordda oʻqitiladigan magistratura yoki PhD kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirishi zarur.
  3. Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻqishga kirgan talabalar bu grantga ariza bera olmaydi.
  4. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod eng yuqori natijalarni koʻrsatishi kerak. Shuningdek, moliyaviy yordamga muhtojlik ham inobatga olinadi.
  7. Nomzod bu grant berilishi koʻzda tutilmagan fakultet/kollej/boʻlim (tibbiyotdan tashqari)a oʻqishga kirgan boʻlsa ham bu grantga ariza bera oladi, faqat, oʻqishini mos keladigan fakultetga koʻcherish lozim boʻladi.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  9. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Baholar a’lo boʻlishi lozim.
  10. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
  11. Nomzod grant talablariga mos boʻlishi kerak.
  12. Nomzod oʻqish tugagandan keyin oʻz Vataniga qaytib ketishi shart.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant 2021-yil kuzdan boshlab Oksfordda oʻqitiladigan magistratura yoki PhD (graduate) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga hujjat topshirish sanalari turli kurslar uchun har xil belgilangan. Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishida siz tanlagan magistratura yoki doktorantura kursiga arizalar qachongacha qabul qilinishini bu yerdagi ro’yxat orqali tekshirib olishingiz mumkin. Bu yerda esa hozir arizalar ochiq bo’lgan kurslar ro’yxati alohida berilgan. Grant yutib olish uchun, kursga hujjat topshirayotganda Ertegun Supporting Statement hujjatini qo’shib topshiring. Grantga hujjatlar qanchalik erta topshirilsa, shunchalik yaxshi.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Tanlangan kurs sahifasiga kiring.
  3. How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  4. Umumiy kirish talablarini shu yerdan, ingliz tili talablarini esa shu yerdan oʻrganib chiqing.
  5. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining Entry requirements qismida berilgan.
  6. Tanlangan kursga Apply sahifasi orqali ariza topshiring.
  7. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  8. Jarayon yuzasidan savollarga shu yerdan oydinlik kiritish mumkin.
  9. Hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlarini batafsil oʻrganing.
  10. Ariza topshirish uchun 75 funt-sterling badal toʻlang. pul toʻlamasangiz arizangiz koʻrib chiqilmaydi.
  11. Grantga hujjat topshirish. Grantga Statementni toʻldirib, joʻnatish kerak.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va ilovasi. Baholar iloji boricha a’lo boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Qoʻshimcha GRE/GMAT sertifikati soʻralishi mumkin.
  • Qoʻshimcha LSAT sertifikati talab qilinishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Research proposal.
  • Ertegun supporting statement.
  • 2-3 ta tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar 2021-yil aprelda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!