×

Angliya: San’at, ijtimoiy va gumanitar fanlar boʻyicha magistratura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

13.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1711 marta

Angliyada joylashgan Goldsmiths University of London magistratura kurslari uchun mo’ljallangan 2020-yilgi Goldsmiths Excellence Fee Waiver dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Universitet san’at, ijtimoiy va gumanitar fanlar boʻyicha ta’lim beradi. Grant universitetdagi taught masters magistratura kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet magistratura bosqichi kontrakt miqdorlari kurslarga qarab farq qiladi. Toʻliq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan topasiz.

Grant yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 30 foiz chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar kamida 70%ga ijobiy boʻlishi lozim.
  3. Nomzod Goldsmiths univeristeti taught masters magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Odatda kamida IELTS 6,5 soʻraladi. Batafsil ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  5. Bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.
  7. Master of Research, Postgraduate Research va PhD kurslari talabalari bu grantga ariza bera olmaydi.
  8. Goldsmiths Alumni Fee Waiver grantiga ariza bergan nomzodlar bu grantga hujjat topshia olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, oʻqishga kirish uchun ariza berish yetarli. Universitetning Taught Master kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grant uchun nomzod hisoblanadi. Grantlar 2020-yilning 13-martiga qadar belgilanadi.

Universitet magistratura kurslariga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Rasmiy qidiruv sahifasiga kirib, sizni qiziqtirgan magistratura kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.
  2. Hujjat topshirish uchun talablar haqidagi to’liq ma’lumot esa shu yerda berilgan.
  3. Shu yerda ingliz tili talablari koʻrsatilgan.
  4. Undan soʻng UCAS rasmiy sayti orqali ariza bering. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  5. Qanday qilib hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot bilan: shu yerda tanishing.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar kamida 70% ijobiy boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Grant boʻyicha barcha talablar: shu yerda koʻrsatigan.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!