×

Angliya: University of Cambridge –PhD bosqichlari uchun 10 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1042 marta

Angliyaning University of Cambridge oliygohi Cambridge Trust jamg’armasi bilan hamkorlikda School of Arts and Humanities maktabining PhD bosqichiga qabul qilingan/qilinadigan tadqiqotchilarga Cambridge Schröder Scholarship in German Studies grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar 2019-2020-o`quv yilida shu maktabga o’qishga hujjat topshirgan tadqiqotchilar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan tadqiqotchiga uch yil davomida yiliga 10 000 funt sterling miqdoridagi mablag’ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod grantga ariza berishdan avval University of Cambridge oliygohi School of Arts and Humanities maktabining German Studies  yo’nalishi bo’yicha PhD bosqichiga hujjat topshirgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod oliygohning PhD bosqichi talablariga javob berishi kerak.
  5. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  6. Dasturga kunduzgi yoki sirtqi tartibda o’qiydigan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.
  7. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Universitetning School of Arts and Humanities maktabining German Studies yo’nalishi bo’yicha PhD bosqichiga hujjat topshirgan ariza beruvchilarning barchasi grant uchun nomzod deb hisoblanadilar. Oliygohga arizalar Applicant Portal orqali topshiriladi. Hujjatlar 2019-yil 31-avgustga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: bu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Natijalar qisqa fursatlarda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +44 (0) 1223 760612

Elektron pochta: lesley.page@admin.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!