×

Angliya: University of Cambridge – PhD tadqiqotchilari uchun to’liq grant, oylik stipendiya; tadqiqot xarajatlari qoplanadi. Joy- 250 tagacha!


Grant

MUHLAT

07.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1221 marta

Cambridge Trust tashkiloti University of Cambridge oliygohining PhD bosqichida tadqiqotlar olib borish istagidagi nomzodlarga Vice-Chancellor’s Awards va Cambridge International Scholarships dasturlarini taklif etadi. Vice-Chancellor’s Awards dasturi Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi fuqarolari uchun, Cambridge International Scholarships esa boshqa davlatlar fuqarolari uchun mo’ljallangan. Grantlar istalgan yo’nalish bo’yicha izlanishlar olib boruvchi, oliygohning eng iqtidorli 250 nafar tadqiqotchisiga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan tadqiqotchi quyidagi imtiyozlarga ega bo’ladi:

  • O’qish to’lovidan ozod etiladi.
  • Tadqiqotlar olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi.
  • Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod University of Cambridge oliygohi PhD bosqichi talablariga javob berishi
  4. Nomzod yuqori potensialli va favqulodda iqtidorli bo’lishi lozim.
  5. G’olibni tanlashda uning moliyaviy ahvoli e’tiborga olinmaydi.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Buning uchun nomzod arizasida aynan shu grant dasturida ishtirok etishni xohlashini belgilashi yetarli bo’ladi. Universitetning PhD bosqichiga hujjat topshirgan ariza beruvchilarning barchasi grant uchun nomzod deb hisoblanadilar. Oliygohga arizalar Applicant Portal orqali topshiriladi. Hujjatlar 2019-yil 3-dekabr va 2020-yil 7-yanvargacha (nomzodning qachon o’qishni boshlashiga ko’ra) qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Onlayn ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Magistrlik diplomi.
  5. Baholardan ko’chirma.
  6. Ingliz tili sertifikati. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
  7. Reserch proposal.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: bu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi. Grantni ajratishda nomzodning moliyaviy ahvoli ahamiyatga ega emas.

 Natijalar 2020-yil mart oyida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +44 1223 338498

Fax: +44 1223 760618

Elektron pochta: cambridge.trust@admin.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!