Clarendon fondi har yili Oksford universiteti magistratura va doktorantura (DPhil) bosqichida ta’lim olish uchun toʻliq qoplanadigan Calerdon Scholarship stipendiya dasturini taqdim etadi. Uzluksiz taʼlim (full-time) shaklda oʻqishni istovchilar ham, sirtqi taʼlim (part-time) shaklda oʻqishni xohlovchilar ham mazkur stipendiyani qoʻlga kiritishi mumkin. Sohalarga hujjat topshirish muddati bir-biridan farq qiladi, lekin deyarli barcha yoʻnalishlarning hujjat qabul qilish muddatlari, odatda, yanvar oyi oʻrtalarida tugaydi.
Dastur doirasida har yili taxminan 200 nafar talabaga ushbu stipendiya taqdim etiladi. Oksford universitetidagi barcha magistrlik va DPhil doktorantura kurslariga ariza topshiruvchilar ushbu grantda talabgor hisoblanadi.
2025-yildan oʻqishni boshlash uchun ushbu grantga arizalar qabuli 2024-yil sentabr oyida boshlanadi va kursga qarab, 2024-yil dekabr oyi oxiri yoki 2025-yil yanvar oyi oʻrtalarigacha davom etadi.
Maʼlumot uchun: Oksford universiteti dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil aprel oyi holatiga koʻra, mazkur universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 1-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).
Grant kimlar uchun?
Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- Full-time shaklida o’qishga qabul qilingan talabalar kontrakt to’lovidan butunlay ozod qilinadilar va ularga oʻqish nihoyasiga yetgunicha har yili stipendiya beriladi. Yillik stipendiya miqdori har yili biroz oʻzgaradi. 2023-yildagi qabul qilingan talabalarga 18 622 funt-sterling stipendiya berilgan.
- Part-time shaklida o’qishga kirgan talabalarga oʻqish bilan bogʻliq majburiy toʻlovlar toʻlab beriladi. Bular qanday toʻlovlar ekanini BU YERDAN bilib olishingiz mumkin.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan fuqarolar ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2025-yildan boshlab Oksfordda oʻqitiladigan magistratura yoki DPhil doktorantura kurslaridan biriga 2024-yil dekabr yoki 2025-yil yanvar oyida tugaydigan qabulga ariza topshirishi kerak va qabul qilinishi kerak.
- Nomzod uzluksiz taʼlim (full-time) shaklda yoki sirtqi taʼlim(part-time) shaklda o’qishga kirishi mumkin.
- Saralash jarayonida akademik ko’rsatkichlariga ham eʼtibor qaratiladi, odatda ushbu grantni qoʻlga kiritganlarning oʻrtacha oʻzlashtirish daraasi 4 lik tizimda 3,7 ballni tashkil qiladi. Bu 100 lik tizimda 93 ball degani.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Oksfordagi kurslarning aksariyatiga IELTS 7 yoki 7,5 ball talab etiladi (yoʻnalishga qarab farq qiladi).
- Saralashda nomzodning akademik potensiali va qobiliyati ham ahamiyatga ega. Bu tavsiyanomalar va tadqiqot rejasini koʻrib chiqish orqali baholanadi.
- Saralashda talabaning motivatsiyasiga ham eʼtibor qaratiladi. Bu talabaning ariza topshirgan kursini oʻqishga boʻlgan ishiyoqi, shuningdek, topshirilgan shaxsiy bayon hamda tavsiyanomalar asosida baholanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Magistratura yoki DPhil doktorantura kursi uchun hujjat topshirishning yetarli.
Qabulning oxirgi kunlari kursga qarab farq qiladi, lekin aksariyat kurslarda qabul 2024-yil dekabr yoki 2025-yil yanvar oyida yakunlanadi. Bu yerdagi ro’yxatdan o’zingizga kerakli kursni tanlab, shu kursga hujjatlar qaysi sanagacha qabul qilinishini tekshirishingiz va shu sanagacha hujjat topshirishingiz mumkin.
Nomzodlarga ariza topshirish uchun qabulning oxirgi muddatini kutmaslik tavsiya qilinadi.
Oksford universitetidagi tegishli kurslardan biriga hujjat topshirib, qabul qilingan talabalar yuqoridagi mezonlar asosida baholanadi va kafedra tomonidan Calerdon stipendiyasi uchun akademik boʻlimga tavsiya qilinadi. Akademik boʻlim bu nomzodlarni koʻrib chiqadi hamda ular orasidan munosiblarini saralab oladi.
Shundan soʻng ushbu saralanganlar roʻyxati Calerdon fondi maʼmuriyatiga taqdim etiladi hamda fond ularga stipendiya taklifi xatini yuboradi.
Yakuniy natijalar 2025-yil aprel oyi boshlarida eʼlon qilinadi. Bunda faqat stipendiya ajratilgan talabalarga email orqali xabar yuboriladi. Agar iyun oyigacha stipendiya haqida hech qanday xabar kelmasa, bilingki, siz bu stipendiyani qoʻlga kiritmagan boʻlasiz.
Qabul bosqichlari haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.
Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- Tanlangan kurs sahifasiga kiring.
- How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
- Umumiy kirish talablarini shu yerdan, ingliz tili talablarini esa shu yerdan oʻrganib chiqing.
- Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
- Tanlangan kursga Apply sahifasi orqali ariza toʻldiring.
- Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
- Ariza topshirish uchun 75 funt-sterling ariza to’lovini amalga oshirish kerak.
Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin stipendiya dasturining rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.