×

Angliyada PhD bosqichida o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

03.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3443 marta

Angliyaning Kembrij universiteti tarkibidagi Anglia Ruskin University 2019-yilning sentyabridan boshlanadigan doktorantura kurslari uchun The Vice Chancellorʻs PhD Studentships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant PhD kurslarida oʻqishni xohlovchilar uchun uch yilga beriladi.

The Vice Chancellorʻs PhD Studentships dasturiga ariza berayotgan nomzod quyidagi mutaxassisliklardan birini tanlashi kerak:

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga uch yil davomida oʻqish toʻlovi uchun har yili 15 009 funt-sterling beriladi. Grant hajmi UK Research and Innovation (UKRI) levelga qarab oʻzgaradi. Shuningdek, oʻqish davomida talabaning ishlashini hisobga olib, stipendiya miqdori oshiriladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  3. Ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  4. Bakalavr va/yoki magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, sohaga tegishli tajriba va bilimlari, tadqiqotchilik hamda ilmiy salohiyati, kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 3-martgacha qabul qilinadi. Buning uchun yuqorida koʻrsatilgan dasturlardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak. Yuqorida koʻrsatilgan mutaxassisliklar roʻyxatidagi har bir dastur veb-sahifasi oxirida ariza uchun link berilgan. Shu linkdan foydalanasiz.

Masalan, “Sustainability and environment” dasturiga hujjat quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Roʻyxatdan “Sustainability and environment” dasturi tanlanadi.
  2. Dastur sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Sahifa oxiridagi Apply online” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.

Oʻqishga qabul va grant uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Magistr yoki bakalavr diplomi, diplom ilovasi.
  2. Shaxsiy ariza.
  3. Pasport va viza (zarur boʻlsa).
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5 va/yoki undan yuqori).
  5. Rezyume.

*Barcha hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlatib topshiriladi.

Nomzodlar 2019-yil 23-apreldan 3-maygacha suhbatga chaqiriladi. Natijalar suhbatdan keyin eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun:

Becky Kraszewski
Telefon: 01245 684920
Elektron pochta: vcphdstu@anglia.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!