×

«Anhui Government Scholarship» dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1588 marta

«Anhui Fovernment Scholarship» dasturi Anhui provinsiyasida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olmoqchi bo’lganlarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, ushbu dasturga Anhui provinsiyasida joylashgan OTMlarga hujjat topshirayotgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Talabalar mos ravishda quyidagi miqdorlarda yillik stipendiya bilan ta’minlanadi:

  • Bakalavr bosqichida o’quvchilar – yiliga 20.000 yuan (hozrigi kursda taxminan 3015 AQSh dollari).
  • Magistraturada o’quvchilar – yiliga 30.000 yuan (hozirgi kursda taxminan 4523 AQSh dollari).
  • Doktoranturada oq’uvchilar – yiliga 50.000 yuan (hozirgi kursda taxminan 7538 AQSh dollari)

Talablar:

  1. Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi, amal qiluvchi xorijiy pasportga ega bo’lishi lozim.
  2. Nomzodda Xitoy tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (HSK, 4 va undan yuqori bo’lishi tavsiya etiladi) bo’lishi kerak. Agar nomzod tanlagan va kirgan universitetda barcha darslar faqat ingliz tilida olib borilsa, HSK o’rniga IELTS yoki TOEFL so’raladi.
  3. Bakalavr bosqichiga topshirmoqchi bo’lganlar yuqori maktab (kollej, litsey) diplomiga ega bo’lishi va 28 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  4. Magistraturaga topshirmoqchi bo’lganlar 40 yoshdan oshmagan bo’lishi, bakalavr diplomiga ega bo’lishi va professor/dekanlardan olingan ikkita tavsiyanomaga ega bo’lishi lozim.
  5. Doktoranturaga topshirmoqchi bo’lganlar 45 yoshdan oshmagan, magistrlik diplomiga ega va professor/dekanlardan 2 ta tavsiyanomaga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzodlar Xitoyda o’rnatilgan qonun va qoidalarga amal qilish va yaxshi o’qish majburiyatini oladi.

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

«Anhui Government Scholarship» dasturining xalqaro talabalr uchun belgilangan arizasi (to’ldirilgan holda), Pasport nusxasi, Diplomning tarjima qilingan va notariusda tasdiqlangan nusxasi, Litsey/kollej/universitetda olingan baholar, Tavsiyanomalarning asl nusxalari.

Dasturga qabul jarayoni:

Anhui provinsiyasidagi ko’pgina OTMlarga hujjat topshirish noyabr oyining oxirigacha davom etadi. Anhui provinxiyasida joylashgan OTMlar ro’yxati va kontaktlari bilan SHU YERDA tanishing.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Anhui Fovernment Scholarship

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!