×

Animate Europe komikslar tanlovi: g’olib 2000 yevro egasiga aylanadi va Belgiyaga sayohat qiladi!


Grant

MUHLAT

06.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1147 marta

Animate Europe komikslar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov grafika ijodkorlari uchun ochiq.

Tanlov tashkilotchilarining ishtirokchilarga yo’llagan xabaridan parcha:

“Ayni paytda Yevropa misli ko’rilmagan ko’plab qiyinchiliklar ichida o’z yo’lini topishi kerak, bu qiyinchiliklarga Covid-19 pandemiyasidan tashqari populizm yoki yevroseptikizm ham kiradi. Animate Europe #5 tanlovi ishtirokchilar oldiga Yevropaning keyingi qadamlari aks etgan asarlar yaratish vazifasini qo’yadi. Tanlovning bu yilgi mavzusi: “Restart! – The Streets of Europe”. 

Bunda faraz qilingki, “restart” nomli tugmachani bosish orqali Yevropaning butun hayotini boshqatdan boshlash imkoni mavjud. Bu tugmachani bosib, hammasi boshidan boshlangan vaqtga qaytamiz va yevropaliklar hayotiga razm solamiz. Ularning orzulari, xavotirlari qanday?  Yevropa aholisi “Restart” tugmasi bosilgandan keyin qanday o’zgarishlar bo’lishini xohlashgan bo’lishardi? 

Bu insonlarni Yevropa ko’chalarida tasavvur qilamiz, axir bu ko’chalar odamlar eng ko’p to’planadigan joylar-ku! Yevropaning ko’chalarini “restart” tugmasidan keyin qanday ko’rinishda bo’lishini tasavvur qilasiz? Ko’chalar baland binolar, ilon izi yo’llarga to’lami, yoki zerikarli, bo’m-bo’shmi? O’z tasavvuringizni ishga soling, Yevropada hammasi boshqacha, boshqatdan boshlanganida ko’chalar va insonlar hayotini qanday tasavvur qilolsangiz, uni komikslar, ilyustratsiyalar yordamida jonlantiring!”

Grant kimlar uchun?

Komiks va ilyustratsiya yaratishga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g’olib deb topilgan mualliflarning har biriga 1000 yevrodan pul mukofoti beriladi. Ular orasidan eng yaxshi komiks yoki ilyustratsiya muallifi esa yana 1000 yevro qo’shimcha mukofot oladi.

G’oliblar 2021-yil iyunda Belgiyada bo’lib o’tadigan Belgian Comic Strip Center taqdirlash marosimiga taklif etiladilar.

Talablar:

  • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Ishtirok etish uchun ishtirokchilar 3 ta alohida-alohida, bir betli komiks taqdim etishlari zarur.
  • Harbir komiksda alohida voqea yoki xabar ifodalanishi zarur.
  • Asarlarishtirokchining shaxsiy ijodidan bo’lishi kerak.
  • Format: PDF. O’lchamlar: 300dpi yoki A4. Ranglat: CYMK/grayscale. Orientatsiya: portret. Til: ingliz tili. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda 6-dekabrgacha ishtirok etish mumkin. Ishtirok etish uchun komikslaringizni o’zingizga qulay bo’lgan serverga yuklab, faylning havolasi (ssilka/URL adresini) animate.europe@fnst.org elektron manziliga yuboring. Ism-sharifingiz va elektron pochta manzilingizni emailga yozing.

Murojaat uchun: animate.europe@fnst.org 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!