×

Annika Rodriguez Scholars Program: bakalavr kursini AQShda bepul o’qish va 2 500 dollar stipendiya olish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

02.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2431 marta

AQShda joylashgan Washington University in St. Louis universiteti tomonidan taqdim etiladigan Annika Rodriguez Scholars Program grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslariga qabul qilingan fidokor, kuchli potensial va yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega talabalarga beriladi.

Annika Rodriguez Vashington universiteti bitiruvchisi bo’lib, turli xayriya va ko’ngilli xizmat mashg’ulotlarida faol ishtirok etib kelgan. U Vashinton universitetida tahsil olgan vaqtida juda faol bo’lgan, keyinchalik aholi qiyin vaziyatda qolgan davlatlardan biriga ko’ngilli xizmatchi sifatida jo’nab ketgan va o’sha yerda toshqinda vafot etgan. Grant dasturi shu talaba nomiga tashkil etilgan bo’lib, u kabi talaba sifatida faol va inson sifatida fidokor yoshlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida taqdim etiladi. Grant u yoshlar uchun ajratilgan. Vashington universitetida mavjud kurslar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Annika Rodriguez nomidagi grant tarkibida to’liq va qisman grantlar mavjud. To’liq grant yutib olgan talaba o’qish to’lovidan 4 yil davomida butunlay ozod etiladi va unga yiliga 2 500 AQSh dollari stipendiya beriladi. Qisman grant taqdim etilgan talabaning o’qish to’loviga chegirma qilinadi. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod Vashington universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil
  • Nomzod SAT yoki ACT kabi standartlashtirilgan testlardan birini topshirishi kerak. Batafsil
  • Nomzod ijtimoiy jihatdan faol, darsdan tashqari mashg’ulotlarda faol qatnashadigan, turli akademik va darsdan tashqari yutuqlarga erishgan, Vashington universitetida munosib talaba bo’lish uchun barcha sifatlarga ega shaxs bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam. Vashington universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshiring. Arizalarni 2020-yil dekabr oyi oxiriga qadar bu yerda topshirish zarur. Hujjat topshirishga oid muhim sanalar bu yerda batafsil ko’rsatilgan.

2-qadam. Bu yerda Annika Rodriguez grant dasturiga alohida ariza bering. Arizalar 2021-yil 2-yanvargacha topshirilishi shart.

Ma’lumot uchun julia.macias@wustl.edu elektron manzili orqali Julia Marcias bilan bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!