×

Annual Essay Writing Contest Scholarship: o’quvchilar va talabalar insholar tanlovida ishtirok eting hamda1000 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

30.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

10284 marta

IvyPanda saytining Annual Essay Writing Contest Scholarship insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej, litsey o’quvchilari va OTM talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun quyidagi mavzulardan birida insho yozishingiz kerak:

  1. Ways to Prevent the Next Global Pandemic
  2. Effects of Isolation on Physical and Mental Health
  3. E-Learning: The Future of Education System

Ushbu tanlovda ilgari g’olib chiqqan insholar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

O’quvchi va talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:

  • 1-o’rin egasiga 1 000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.
  • 2-o’rin egasiga 500 AQSh dollari pul mukofoti beriladi.

Eng yaxshi insholar IvyPanda blogida chop etiladi.

Talablar:

Tanlovda qatnashish shartlari quyidagicha:

  • Nomzod maktabning yuqori sinfida, kollej, litsey yoki oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ko’rsatilgan mavzulardan birida, ingliz tilida 500-700 so’zli insho topshirishi zarur.
  • Inshodagi adabiyotlar MLA tizimiga asosan kiritilishi kerak.
  • Insho boshqa manbadan ko’chirilmasligi, .doc yoki .docx formatida, nomi “IvyPanda Writing Contest_familiya” ko’rinishida topshirilishi kerak.
  • Inshoda kamida 3 ta foydalanilgan adabiyot manba sifatida ko’rsatilishi kerak.
  • IvyPanda Twitter yoki Instagram sahifasiga obuna boʻlish (Follow) kerak hamda sahifada qadalgan (pinnded) tanlov eʼloniga “Like” bosib, uni ulashash kerak.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta insho topshira oladi.

Topshrilgan insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Iqtibos berish tizimi (10 ball)
  • Grammatika, punktuatsiya va imlo (20 ball)
  • Tuzilishi (20 ball)
  • Mazmuni va inshodagi fikrlar (20 ball)
  • Til va uslubdan samarali foydalanganlik (30)

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga insholar 2022-yil 30-iyuncha qabul qilinadi. Natijalar 2022-yil 1-avgustda e’lon qilinadi.

Tanlovga ariza berish tartibi:

  1. IvyPanda (tanlov tashkilotchisi) Instagram yoki Twitter sahifasiga qo’shiling (“follow”). Sahifalarda IvyPanda insholar tanlovi haqidagi postlar “pin” ko’rinishida saqlangan. Shu postlarga “like” bosing va o’z sahifangizda “share” qiling.
  2. E-mail sarlavhasiga “IvyPanda Writing Contest Submission” deb yozgan holda scholarship@ivypanda.com manziliga quyidagilarni yuboring: insho, IvyPanda sahifasini instagram yoki twitterda kuzatayotganingiz ko’rsatilgan skrinshot, IvyPanda sahifasidagi maxsus postni “share” qilganingiz haqida screenshot, “IvyPanda insholar tanlovi haqida qayerdan eshitdingiz?” savoliga javob.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!