×

Annual Personal Narrative Writing Contest: New York Times nashridan 11-19 yoshlilar uchun 600 soʻzli hikoyalar tanlovi


Grant

MUHLAT

17.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2211 marta

Ko’pchilik The New York Times nashrini yangiliklar yetkazib beruvchi gazeta deb hisoblaydi. Ammo bu gazetada shaxsiy hikoyalar ham nashr etilib boriladi. Mana shunday hikoyalar borasida The New York Times gazetasi navbatdagi 3rd Annual Personal Narrative Writing Contest qisqa hikoyalar tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlov shaxsiy, boshingizdan o’tkazgan hayotiy hikoyangizni yozishga taklif etadi.

Grant kimlar uchun?

11-19 yoshli maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • The New York Times nashrining The Learning Network sahifasida hikoyangizni chop etish imkoniyati.
  • The New York Times gazetasida hikoyangizni nashr etish uchun loyiq deb topilishingiz mumkin.

Talablar:

Ishirok etish talablari quyidagilardan iborat:

  • Hikoyangiz qisqa, asosli, real voqeaga asoslangan mazmunli hayotiy tajribangiz haqida bo’lishi kerak.
  • Hikoya 600 yoki undan kam soʻzdan iborat boʻlishi kerak (sarlavhadagi soʻzlar sanalmaydi).
  • Nomzod 11 yoshdan 19 yoshgacha boʻlishi va oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchisi boʻlishi kerak (Oʻzbekiston sharoitida 11-19 yoshli maktab, kollej va litsey oʻquvchilari qatnasha oladi).
  • Hikoyangiz ilgari hech bir tanlovda ishtirok etmagan bo’lishi, hech qayerda nashr qilinmagan bo’lishi shart.
  • Oilaviy gazeta ekanligini inobatga olgan holda, haqoratli, soʻkinish so’zlarni ishlatmaslik so’raladi.
  • Har bir oʻquvchi faqat bitta hikoya topshirish huquqiga ega.
  • Nomzodlar yakka tartibda ishtirok etishi kerak, jamoa boʻlib qatnashish mumkin emas.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun arizalarni onlayn qabul qilish 2021-yilning 13-oktyabridan 17-noyabrigacha davom etadi. Natijalar taxminan ikki oydan so’ng e’lon qilinadi.

Ishlar qabuli 2021-yilning 13-oktyabridan boshlangani sababli ungacha hikoyalarni topshira olmaysiz. Qabul boshlangandan hikoyani topshirish uchun BU YERGA havola joylashiriladi.

Ariza topshirmoqchi bo’lganlar, bu yerda ro’yxatdan o’tib, ariza topshirishlari mumkin.

Ko’p so’raladigan savollar (FAQ) bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Hikoyalarni qanday yozish boʻyicha tavsiyalar, oldingi yillardagi gʻoliblarning hikoyalarini tanlov sahifasidan topishingiz mumkin.

Savollar yuzasidan LNFeedback@nytimes.com elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki tanlov sahifasida savolingizni soʻrashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!