×

Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!


Grant

MUHLAT

01.08.2025

QOLGAN VAQT

29 kun

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

14455 marta

The Ayn Rand Institute muassasasi mashhur yozuvchi – Ayn Randning “Anthem” asari asosida tashkil etiladigan Anthem Essay Contest  insholar tanloviga ishlar qabul qilmoqda. Qatnashchilar “Anthem” asari asosida berilgan savollarga javoban insho yozishlari zarur. Essay mavzulari onlayn arizani boshlaganda ko’rsatiladi.

Ushbu asar sizda boʻlmasa, internetdan qidirib topib, yuklab olish va oʻqib chiqishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Maktabning 8, 9, 10, 11 va 12-sinf oʻquvchilari, shuningdek, kollej va litsey oʻquvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin  – 2000 AQSH dollari;
  • 2-oʻrin – 1000 AQSH dollari;
  • 3-oʻrin – 500 AQSH dollari.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  1. Tanlov butun dunyo yoshlari uchun ochiq.
  2. Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnasha oladi.
  3. Bir nafar ishtirokchi faqat bitta insho topshira oladi.
  4. Insholar onlayn arizada ko’rsatilgan so’z soni chegarasidan chiqmasligi, ingliz tilida yozilishi zarur.
  5. Insholar ishtirokchining oʻzi tomonidan yozilgan bo’lishi kerak. Plagiarizm (koʻchirmakashlik) nomzodning tanlovdan chetlatilishiga olib keladi.
  6. Insholar muallif o’z fikrini asoslay olishi, boshqalarni bunga ishontira olishiga qarab baholanadi.
  7. Ijodiy ishlar aniq, mantiqiy tartibda yozilgan bo’lishi kerak.
  8. Insholarda muallif asarlarning falsafiy ma’nosini yaxshi tushunishini ko’rsatib bera olishi kerak.

Insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Aniqlik (Clarity)
  • Tartiblilik (Organization)
  • Tushunganlik (Understanding)
  • Mavzu doirasida yozish (On Topic)

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga insholar 2025-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun bu yerga kirib, “Get started” tugmasini bosing.

Tanlov natijalari 2025-yil 10-oktyabrda e’lon qilinadi. Talabga javob bermaydigan hajmdagi va ko’chirilgan (plagiat) ishlar tanlovdan chetlatiladi. Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlov haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun:

E-mail: essays@aynrand.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!