×

Apila’s 2021 First Printing Award: bolalar uchun ispan tilida rasmli kitob yaratib, 4000 yevro yutib oling!


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1497 marta

Apila Ediciones tomonidan tashkil etilgan Apila’s 2021 First Printing Award ilyustratsiyalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda hali o’z kitoblarini chop ettirmagan havaskor ilyustratorlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovni o’tkazishdan maqsad bolalar kitoblarini yaratish hamda yosh ilyustratorlarni qo’llab-quvvatlash

Tanlovda ishtirok etish uchun matnlari ispan tilida bo’lgan, bolalar uchun mo’ljallangan rasmli kitob yaratish kerak. 

Grant kimlar uchun?

Kitoblarini hali chop etmagan ilyustratorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olibga 4000 yevro pul mukofoti beriladi. Agar g’olib chiqqan rasmli kitobni yaratishda matn muallifi va ilyustratsiyalar muallifi boshqa-boshqa bo’lsa, ular sovrinni bo’lib olishlari kerak bo’ladi.

Talablar:

  • Tanlovda 18 yoshdan oshgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  • Bolalar uchun rasmli kitoblarni yaratishda muallif shaxsiy hikoyalaridan yoki mualliflik huquqi ochiq bo’lgan ommabop ertaklardan foydalanishi mumkin.
  • Kitoblarning matni ispan tilida bo’lishi zarur.
  • Yaratilgan rasmli kitoblar 24 x 22 sm. o’lchamlarda bo’lishi, muqovasini qo’shmay hisoblaganda 36 betdan oshmasligi kerak. 
  • Tanlovda g’olib chiqqan ishtirokchi 2021-yil 1-sentyabrgacha kitobning tayyor nusxasini yetkazib berishi zarur. 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 15-fevralgacha ariza berish lozim. Natijalar mart oyida www.apilaediciones.com va www.facebook.com/apila.ediciones sahifalarida e’lon qilinadi.

Ariza berish uchun tayyorlangan asarni apilaediciones@gmail.com elektron manziliga yuboring. 

Kerakli hujjatlar:

  1. Tanlov uchun tayyorlangan kitob PDF formatida; kitob joylangan faylni to’g’ri nomlashni yodda tuting.
  2. Muallif haqida ma’lumot kiritilgan word fayl; ushbu hujjatni ham to’g’ri nomlang.

Email va hujjatlarga nom qo’yish tartibi

Yuborilayotgann email sarlavhasiga FAMILIYA_ISM-PRIMERA_IMPRESION deb yozing. Ya’ni, masalan, AVAZOVA_RANO_PRIMERA_IMPRESION.

Email orqali yuborilayotgan, kitob joylangan faylni ham talabga mos qilib nomlash zarur.

Kitob PDF formatida bo’lishi, hajmi 10MBdan oshmasligi, nomi esa FAMILIYA_LIBRO_FAMILIYA_ISM_KITOB NOMI ko’rinishida bo’lishi zarur. Ya’ni, masalan, AVAZOVA_LIBRO_AVAZOVA_RANO_CUENTOS-DE-HADAS.

Tanlov uchun tayyorlangan kitobdan tashqari muallif haqida ma’lumotlar, manzil, elektron pochta manzili, telefon raqami va boshqalar yozilgan, word formatida saqlangan yana bir hujjat ham talab etiladi. Bunda hujjat nomini FAMILIYA_ISM_DATA ko’rinishida nomlang. Ya’ni: AVAZOVA_RANO_DATA.

Batafsil ma’lumot uchun tanlov nizomi bilan tanishib chiqing.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!