Amaliy matematika maktabi (AMS) — Saudiya Arabistonida joylashgan KAUST universitetidagi kompyuter, elektrotexnika va matematika fanlari hamda muhandislik kafedrasi tomonidan tashkil etiladigan bir haftalik tashrif dasturidir. Bu dastur bakalavriat va magistratura talabalarini amaliy matematika, hisoblash fanlari va statistika boʻyicha ilgʻor tadqiqot mavzulari bilan tanishtirishga moʻljallangan.
Ishtirokchilar amaliy seminarlar, taqdimotlar, ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etadi va yangi tanishlar orttirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Dastur mashgʻulotlari 2026-yil 29-noyabrdan 3-dekabrgacha davom etadi. Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Matematika, statistika, fizika yoki turdosh yoʻnalishlar tahsil oluvchi bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, magistratura talabalari yoki yaqinda universitetni bitirganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- KAUSTda yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya
- Logistika va viza masalalarida yordam
- KAUST kampusida bepul turar joy
- Jahon darajasidagi tadqiqot infratuzilmasi va resurslaridan foydalanish imkoniyati
- Dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etganlik uchun sertifikat
Talablar:
Nomdozlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Matematika, statistika, fizika yoki turdosh yoʻnalishlar boʻyicha tahsil oluvchi bakalavriatning yuqori bosqich talabalari, hozirda magistraturada tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni bitirganlar riza topshira oladi (barcha nomzodlar yuqorida tilga olingan yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olayotgan/olgan boʻlishi kerak);
- GPA koʻrsatkichi 4 lik tizimda kamida 3,5 boʻlishi kerak;
- Ingliz tilini yaxshi darajada bilish talab etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2026-yil 10-sentabrgacha onlayn tarzda topshiriladi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirishingiz mumkin.
Ariza shaklini toʻldirishda CV, pasport nusxasi va universitetda olingan baholarni (ingliz tilida) yuklash talab etiladi. Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar intervyuga taklif etiladi. Nomzodlar intervyu natijasi asosida saralab olinad.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.




