×

AQShda barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

15.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

7231 marta

Michigan universitetidagi Yevropa va Yevrosiyo uchun Ronald va Eileen Weiser markazi (the Ronald and Eileen Weiser center for Europe and Eurasia) Yevrosiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarida ishlovchi xodimlar hamda san’at ustalari (artists) ni Weiser Professional Development Awards grant dasturiga taklif etadi. Nomzodlar ixtiyoriy sohadagi tatqiqot ishi yoki Michigan universiteti vakili bilan hamkorlikdagi o’qitish dasturi yuzasidan ushbu grantga hujjat topshirishi mumkin.

G’oliblar Michigan universitetida 4 haftalik yoki 3 oylik tatqiqot safarlarida bo’lishadi. Weiser markazi 2018-yil uchun fevral-aprel yoki sentabr-noyabr mavsum uchun 5-7 ta grant  ajratgan.

Grant kimlar uchun?

Oliy ta'lim muassasasida ishlayotgan xodimlar (pedagoglar) hamda san'at ustalar (artists) uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant quyidagi xarajatlarni o’z ichiga oladi:

  1. Borish va kelish parvozi.
  2. Tibbiy sug’urta.
  3. Turar joy.
  4. O’rtacha kunlik harajatlar.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Kaliningrad (Rossiya), Qozog’iston, Kosovo, Qirg’iziston, Makedoniya, Moldova, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O’zbekiston, Slovakiya

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

  • Nomzodlar Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Kaliningrad (Rossiya), Qozog’iston, Kosovo, Qirg’iziston, Makedoniya, Moldova, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O’zbekiston yoki Slovakiya fuqarosi bo’lishlari.
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishlari.
  • Ko’rsatilgan davlatlardagi OTMda ishlayotgan bo’lishlari YOKI
  • OTMlarda ilmiy tatqiqot olib borayotgan bo’lishlari.
  • Ingliz tilini a’lo darajada bilishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi zarur hujjatlar

  1. Ariza.
  2. Rezyume.
  3. Doktorlik diplomi yoki nomzodning eng yuqori ilmiy darajasi diplomining nusxasi.
  4. Pasportning fotosurat tushirilgan beti nusxasi.
  5. Nomzod haqidagi 2 varaqli shaxsiy bayonot (personal statement).
    Bayonotda:
    a) Michigan universitetida nomzod olib borishni rejalashtirgan tadqiqot yoki hamkorlik loyihasi;
    b) grantga ariza berilayotganining sababi; c) grantning nomzod ishlaydigan OTMga manfaatli jihatlari va
    d) nomzodning aynan 4 haftalik yoki 3 oylik safar muddatini tanlashdan maqsadi ko’rsatilishi kerak.
  6. Michigan universitetining nomzod hamkorlik qilishi rejalashtirilayotgan fakultet yoki bo’limidan taklif xati (elektron pochta orqali jo’natilgan taklifnomalar ham qabul qilinadi). Michigan Universiteti fakultet va bo’limlari haqida batafsil umich.edu vebsaytida tanishing.
  7. Nomzod ishlaydigan OTM rektori yoki dekani tomonidan yozilgan bitta tavsiyanoma. Tavsiyanoma konvertga solingan va muhrlangan bo’lishi kerak.
  8. TOEFL sertifikati nusxasi (agar nomzod so’nggi uch yil ichida imtihon topshirgan bo’lsa).

Arizalar elektron pochta orqali weiser@fulbright.edu.pl manzilga jo’natilishi lozim.

Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gersogovina, Gruziya, Kaliningrad (Rossiya), Qozog’iston, Kosovo, Qirg’iziston, Makedoniya, Moldova, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O’zbekistonlik nomzodlar:

Email: weiser@fulbright.edu.pl
Web: fulbright.edu.pl

Slovakiyalik nomzodlar:

Email: office@fulbright.sk
Web: fulbright.sk

Michigan universiteti:

Email: weiseraward@umich.edu
Web: ii.umich.edu/wcee

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!