×

AQSh: 1 oylik haq to’lanadigan amaliyot!


Grant

MUHLAT

03.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3399 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining UWC (United World Colleges) tashkiloti jurnalist-stajyorlarni Media Intern – Global Leadership Forum yozgi maktabida ishlashga taklif etadi. Yozgi maktabda ishlash imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlar GLF direktori bilan GLF 2019 dagi voqealarni hujjatlashtirish bilan shugʻullanadilar. Yaʼni ular tashkilotning rasmiy sayti uchun raqamli va marketing kutubxonasini tashkil etadilar. Yozgi maktab 2019-yil 19-iyundan 20-iyulgacha bir oy davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar va media mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlar Amerika Qoʻshma Shtatlarida 2019-yil 19-iyundan 20-iyulgacha quyidagi imkomiyatlar bilan ta’minlanadi:

  1. 500 AQSH dollari pul beriladi.
  2. GLF muddatida harakatlanish uchun transport bilan taʼminlanadi.
  3. Turar joy va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi.
  4. AQSH fuqarolari boʻlmagan nomzodlarga tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplab beradi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Istalgan davlat fuqarosi ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod guruh bilan kelishib ishlay olishi kerak.
  4. Nomzod sayt dizaynini oʻzgartiradigan taklif bera olishi zarur.
  5. Nomzod ishtirokchilar uchun sertifikat tayyorlashi lozim. Yaʼni, ishtirokchi shu dasturda qatnashganini isbotlaydgan sertifikatni yozish va rasmiylashtirish nomzodga yulanadi.
  6. Nomzod 2-3 ta sayohatlar va 3 kun/2 tun kempingda qatnasha olishi kerak.
  7. Nomzod Video va fotografiyaga ixtisoslashgan kollej/litsey/universitet talabasi yoki bitiruvchisi boʻlishi kerak.
  8. Nomzod yozgi maktabda qatnashayotgan tashkilot aʼzolari va ishtirokchilarning fotosuratlarini sifatli tayyorlay olishi kerak.
  9. Nomzod yozgi maktabdagi tadbirlar va hokazolarning video va fotolarini suratga olishi kerak.
  10. Ishtirokchilar va lagerdagi voqealarning kundalik tahlilini tayyorlashi kerak.
  11. Ijtimoiy tarmoqlarda targʻib qilish uchun materiallar tayyorlashi kerak.
  12. Ishtirokchilarga istalgan raqamli mediamahsulotni tayyorlashga yordamlashishi lozim.
  13. Ishtirokchilar tomonidan olingan barcha fotosuratlarni targʻibot uchun yigʻishi kerak.
  14. Yozgi maktab davrida Facebookda GLFning sahifasini yuritishi zarur.
  15. Facebookda GLFning yangiliklari va hokazolarni chop etadi.
  16. Ijtimoiy tarmoqlarda  Nyu-Meksikoning goʻzalligi va yozgi makiab haqidagi innovatsion tezkor kliplar tayyorlashi lozim.
  17. Boshqa yozgi maktablar va lagerlarning onlayn faolligini oʻrganadi.
  18. Tashkilot direktoriga ijtimoiy tarmoqlardagi boshqa yozgi maktablar va lagerlarning ilgʻor tajribalari haqida hisobot beradi.
  19. Kelgusi yil uchun targʻibot materiallari tayyorlaydi.
  20. Nomzod yaxshi muloqot qila olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabga arizani toʻliq toʻldirilgan holda soʻralgan hujjatlar bilan birga jason.brewer@uwc-usa.org elektron pochtasiga joʻnatish kerak. Hujjatlar 2019-yil 3-mayga qadar qabul qilinadi. 2019-yil 19-iyundan 29-iyungacha xodimlar maxsus tayyorgarlikdan oʻtadilar, yozgi maktab esa 30-iyundan 20-iyulgacha boʻlib oʻtadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. GLF Media Internda ishlash istagingiz haqida 250-500 soʻzgacha hajmda yozilgan xat.
  2. Media-ishlaringiz kolleksiyasi. Agar bor boʻlsa, video va kliplar.
  3. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomda uni yozib bergan odamning ism-sharifi, lavozimi, telefon raqami, pochtasi va sizga qanday aloqasi borligini koʻrsatish kerak, masalan, rahbar, hamkor, ustoz va hokazo.

Nomzodlar guruhda ishlay olishi, taqdim etgan mediamahsulotlar kolleksiyasi, ish tajribasi, yozgan motivatsion xati kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Bogʻlanish uchun:

UWC International
Second Floor,
17-21 Emerald Street,
London WC1N 3QN

Elektron manzil: jason.brewer@uwc-usa.org

Telefon: +44 (0) 20 7269 7800

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!