×

AQSh: Bakalavriat uchun toʻliq grant; turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

6556 marta

Amerika Qoʻshma Shtatalrining Vashington shahrida joylashgan American University universitetining bakalavr kurslari uchun ajratilgan Emerging Global Leader toʻliq grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.  Bundan maqsad Universitetga oʻqishga qabul qilingan talabalar ichida eng munosib deb topilganiga oʻqishni moddiy jihatdan yengillashtirish. Bu grant yuqori baholarga oʻqigan, oʻzida yuksak yetakchilik qobiliyatini namoyon qiladigan va dunyo masalalariga chuqur qiziqish bildiradigan iqtidorli talabaga beriladi. Dastur doirasida 1 nafar talabaga toʻliq grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Emerging Global Leader grantini yutib olgan talabaning oʻqish kontrakti, turar-jot va oziq-ovqat xarajatlari, ya’ni talaba American University’ga toʻlashi kerak boʻlgan xarajatlar (billable expenses) qoplab beriladi. Grant talaba oʻqishni tugatgunigacha (4 yil davomida) toʻlab beriladi, lekin buning uchun talaba a’lo baholarga oʻqishi zarur, aks holda grant toʻxtatiladi.

Grant safar xarajatlari, tibbiy sugʻurta va shu kabi Universitetga toʻlanmaydigan xarajatlarni toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod AQSh fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod yuqori maktab (9-12-sinflarga toʻgʻri kelishi nazarda tutilgan), kollej yoki litseyni 2020-yildan keyin tamomlagan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod AQSh yoki boshqa davlatdagi boshqa bakalavr kursida oʻqishni boshlagan boʻlishi mumkin emas.
  4. Nomzod ingliz tilida erkin soʻzlasha olishi shart. Ingliz tili chet tili hisoblangan davlat fuqarolari kamida IELTS 7 yoki TOEFL IBT 95 (PBT – kamida 600) natijalarga ega boʻlishlari kerak. TOEFL PBT natijalarini topshirayotgan nomzodlar imtihonni 2017-yil maydan keyin topshirgan boʻlishlari kerak.

Saralash jarayonida quyidagi talablarga mos nomzodlarga ustunlik beriladi:

  1. Nomzod oʻqishini hali tugatmagan, soʻnggi kursni 2020-yil bahorida tugatayotgan boʻlishi kerak.
  2. Nomzod hayoti davomida turli qiyinchiliklarga uchragan va ularni yengib oʻtib, qiyin vaziyatda ham yaxshi natijalarga erishgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod 4 ballik GPA tizimida kamida 3.8 ball toʻplagan boʻlishi yoki 9-12-sinflarda eng yuqori baholarga oʻqigan 10% tengdoshlari safida boʻlishi kerak.
  4. Nomzod yetakchilik, koʻngilli ishlar, jamiyat rivojiga xissa qoʻshish kabi ishlarda faol boʻlgan boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza berish 2019-yil 1-sentabrda oshiladi va 2020-yil 15-yanvargacha davom etadi. Grantga hujjat topshirish uchun onlayn ariza toʻldirish va undagi 1-4-savollarga javob berish zarur.

Hujjat topshirish jarayonida quyidagilar ham amalga oshirilishi kerak:

  1. Nomzod bankdan (qoʻyilgan mablagʻ miqdori haqida) xat va grant uchun Certification of Finances (AU CFIS) taqdim etishi zarur. Bu hujjatlarning har biri kamida 4000 AQSh dollarini qayd etishi kerak. Bu haqida toʻliq shu yerda.
  2. Nomzod IELTS yoki TOEFL testlari natijalarini ham joʻnatishi zarur. Sertifikatlar admissionsdocuments@american.edu elektron manziliga yuborilishi kerak.
  3. Universitetning oʻziga ham ariza topshirish kerak, bunda kerakli hujjatlarni ham ilova qilish shart. Aytib oʻtilgan barcha qadamlarni bosib oʻtmagan va chala ariza topshirgan nomzodlarning arizalari koʻrib chiqilmaydi. Hujjatlar yetishmasligi yoki arizalarning kech topshirilishi ham arizaning bekor qilinishiga olib keladi.

Ma’lumot uchun: intadm@american.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!