×

AQSh: Arxitektura va dizayn boʻyicha tanlov; gʻoliblar Chikagoga sayohat qiladilar!


Grant

MUHLAT

04.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4105 marta

American Society of Heating, Refrigerating and Air-Conditioning Engineers (ASHRAE) tashkiloti talabalarni 2020 Design Competition tanlovida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.

Tanlovda arxitektura, dizayn boʻyicha tahsil olayotgan talabalar qatnashishlari mumkin. Tanlovning yakuniy taqdirlash marosimi 2021-yil fevral oyida AQSh Illinoys shtatining Chikago shahrida boʻlib oʻtadi. Tanlov mustahkam va barqaror bino loyihalashtirish boʻyicha oʻtkaziladi. Shuningdek, binoga yordamchi mexanik elementlar va elektr tizimlarni ham loyihaga uygʻunlashtirish kerak boʻladi.

Bu yilgi tanlovda Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan bino loyihalashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar guruhlarga birlashtiriladi. Ammo talabaning oʻz guruhi boʻlishi shart emas. Masalan, yakka holda saralashdan oʻtgan talaba boshqa talabalar bilan guruhga biriktirilishi mumkin.

Tanlovda saralashdan oʻtgan guruhlar 1, 2 va 3-oʻrin hamda Rising Star gʻolib sifatida eʼlon qilinadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 yoʻnalishdan biri boʻyicha bellashadilar:

  • HVAC Design Calculations (Isitish, ventilyatsiya va havoni sovutish hisobi)
  • HVAC System Selection (Isitish, ventilyatsiya va havoni sovutish tizimlarini tanlash)
  • Integrated Sustainable Building Design (ISBD) (Binoni barqaror kompleks loyihalashtirish)

Binoni loyihalashda quyidagilarga eʼtibor berish lozim:

  • Arzon narx.
  • Atrof-muhitga taʼsirning kamligi.
  • Qulay va ekologik sogʻlomlik.
  • Ijodiy va yuqori samarali koʻkalamzor dizayn.
  • Sinergiya (arxitektura bilan uygʻunlik).

Grant kimlar uchun?

Arxitektura va dizayn sohasi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan guruhlarga quyidagi mukofotlar beriladi:

1-oʻrin.

  • Komanda vakili 2 000 AQSH dollar mukofot oladi.
  • 2 kecha Chikagodada yashash, transport, ovqatlanish xarajatlari
  • ASHRAE 2021 tadbirida qatnashish xarajatlari uchun 100 AQSH dollar pul beriladi. ASHRAE Talabalar namoyishida ishtirok etish uchun 24 x 36 dyuym (60,96x 91,44 sm) plakat kerak boʻladi.

2-oʻrin.

  • ASHRAE 2021 tadbirida qatnashish uchun 2 kechalik transport xarajatlari
  • ASHRAE Talabalar namoyishida ishtirok etish uchun 24 x 36 dyuym (60,96x 91,44 sm) plakat tayyorlaydi.

3-oʻrin.

  • ASHRAE 2021 tadbirida qatnashish uchun 2 kechalik transport xarajatlari
  • ASHRAE Talabalar namoyishida ishtirok etish uchun 24 x 36 dyuym (60,96x 91,44 sm) plakat kerak.

Rising Star:

  • ASHRAE 2021 tadbirida qatnashish uchun transport xarajatlari qoplanadi va tadbirda qatnashish uchun Chikagoda 2 kecha yashaydi.
  • ASHRAE Talabalar namoyishida ishtirok etish uchun 24 x 36 dyuym (60,96x 91,44 sm) plakat zarur.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzodlar arxitektura, dizayn boʻyicha oliygohda oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzodlar boshqa ishtirokchilar bilan guruh boʻlib qatnashadilar.
  4. Nomzod bir oʻzi yoki guruhi bilan birga ariza berishi mumkin. Yakka oʻzi qatnashayotgan nomzodlar guruhlarga birlashadilar.
  5. Nomzod berilgan chizmalar boʻyicha oʻz loyihasini taqdim etishi kerak. Chizmalar va baholash mezonlari maqola soʻngida berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Loyihalar 2020-yil 4-maygacha qabul qilinadi. Loyihani joʻnatish uchun ASHRAE rasmiy saytida roʻyxatda oʻtish kerak.

Diqqat! Guruhlar va ularning ishlarini avval hududiy ASHRAE boshliqlari koʻrib chiqadilar. Oʻzbekistonda bunday boʻlim mavjud emas. Shuning uchun bu haqidagi savolingizni maqola oxirida berilgan onlayn murojaat shakli orqali aniqlang. ASHRAE boshliqlari haqida umumiy maʼlumot: shu yerda.

  • HVAC Design Calculations tanlovi uchun ariza faqat PDF formatida qabul qilinadi. Hisob ishi prezentatsiyasi koʻpi bilan 35 betlik PDF fayl shaklida joʻnatiladi. Boshqa qoʻshimcha koʻrgazmali materiallar koʻrib chiqilmaydi. Matn shrifti Arial yoki Times New Roman va 11 oʻlchamda boʻlishi shart.
  • HVAC System Selection tanloviga ariza 15 minutlik namoyish (PowerPoint, YouTube va hokazo) dasturlarida topshirilishi kerak. Barcha PPT avtomat tarzda keyingi sahifaga oʻtiladigan qilib tuzilgan boʻlishi (bittalab sichqonchani bosib keyingi sahifaga oʻtkazadigan boʻlmasligi) va koʻpi bilan 30 betlik PDF formatidagi texnik hisoblar bilan joʻnatiladi. Matn shrifti Arial yoki Times New Roman va 11 oʻlchamda boʻlishi kerak.
  • Integrated Sustainable Building Design tanloviga ariza 15 minutlik namoyish (PowerPoint, YouTube va hokazo) dasturlarida topshirilishi kerak. Barcha PPT avtomat tarzda keyingi sahifaga oʻtiladigan qilib tuzilgan boʻlishi (bittalar sichqonchani bosib keyingi sahifaga oʻtkazadigan boʻlmasligi) va koʻpi bilan 35 betlik PDF formatidagi texnik hisoblar bilan joʻnatilishi lozim. Matn shrifti Arial yoki Times New Roman va 11 oʻlchamda boʻlishi zarur.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi chizmalar loyihalanadi:

Diqqat! Bu yerda inshoot egalarining talablari koʻrsatilgan:

  Owners Project Requirements

Quyida binoning amal qilish muddati berilgan:

  Utility and Service Life Overview

Loyihalanayotgan binoga ob-havoning taʼsiri ham hisobga olinishi kerak. Shuning uchun Mumbaydagi ob-havo maʼlumotlari ham berilgan:

    Mumbai, India

Quyida bino va fasad chizmalari koʻrsatilgan:

 Elevations

 Lower – Floor

 Lower – Ceiling

 Main – Floor

 Main – Ceiling

 Upper – Floor

 Upper – Ceiling

 Elevations

 Floorplan – Lower

 Floorplan – Main

 Floorplan – Upper

 RCP – Lower

 RCP – Main

 RCP – Upper

Nomzodlar hakamlar hayʼati ishlab chiqqan baholash mezolariga koʻra saralanadi.

Tanlov haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Natijalar 2020-yil 3-avgustda eʼlon qilinadi.

Tanlov boʻyicha savollar tugʻilganda: savol-javoblarni oʻqib chiqing yoki  shu yerga  murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!