×

AQSh: Bakalavr bosqichi uchun 15 000 AQSh dollargacha grant


Grant

MUHLAT

15.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1656 marta

Amerika Qo`shma Shtatlarining Montana shtatida joylashgan  Montana State University 2019-2020-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Office of International Programs Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning bakalavr kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning SAT yoki ACT imtihonlari bo`yicha baholari yuqori bo`lishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Montana State University bakalavr yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 24,992 AQSh dollar.

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun 3 000 dan 15 000 AQSh dollargacha mablag` beriladi. Grant muddatini har yiliga uzaytirish ushun o`zlashtirish ko`rsatkichi a’lo darajada bo`lishi talab qilinadi. Ya’ni, GPA kamida 4,0 dan 3,0 bo`lishi kerak.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod SAT yoki ACT bo`yicha yuqori ballga ega bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. O`qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

O`qishga hujjat topshirish uchun dedlayn 1-iyulgacha. Ammo grantga dedlayn 15-maygacha. Demak, grant olishni istasangiz, o`qishga ertaroq ariza bering.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi. Talabga ko`ra baholar kamida 75% ijobiy bo`lishi kerak.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
  • Esse yoki motivatsion xat so`ralishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Norasmiy hujjatlarni globalstudy@montana.edu manziliga, rasmiy hujjatlarni esa pochta orqali quyidagi manzilga jo`natish kerak:

Office of International Programs

Attn: International Admissions

PO Box 172260

411 Culbertson Hall

Bozeman, MT 59717 USA

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil avgust oyi oxirigacha xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: globalstudy@montana.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!