×

AQSh: Bakalavr bosqichi uchun 4 yilgacha qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1640 marta

Amerika Qo`shma Shtatlarining Kanzas shtatida joylashgan Wichita State University 2019-yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Global Select Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning bakalavr kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant to`rt yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Wichita State University bakalavriat kurslarida o`qish uchun kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yiliga 14 800 AQSh dollarni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini 36-38% qismini qoplab beriladi. Batafsil ma’lumotlar bilan: SHU YERDA tanishing.

Dastur grant yutib olgan nomzodning yashash, o`quv qurollari va tibbiy sug`urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni va kontraktning qolgan qismini nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Universitetda o`qitiladigan intensiv ingliz tili kurslariga hujjat topshirgan talabalar grantga ariza bera oladi.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA 4,0 dan kamida 3,0-3,3 bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Universitetga o`qish uchun hujjat topshirgan nomzodlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Ularga grant berish bilan Xalqaro Bo`lim shug`ullanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish shart emas.

O`qishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari turlicha. Kuzgi semestrga hujjat topshirish dedlayni 2019-yil 1-iyungacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar talab qilinishi mumkin. Savollar tig`ilganda operator@wichita.edu manzili orqali aniqlang. Barcha hujjatlarni PDF formatida ism-sharif bilan saqlash va jo`natish kerak. Masalan: Shahlo Qosimova Transcript.pdf kabi. Rasmiy hujjatlarning qog`oz variantini o`qishga borayotganda olib borasiz.

Nomzodlar grantga, yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichi va aʼlo baholari ACT va SAT ballari, ingliz tilini bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar hujjatlar qabul qilingandan keyin tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: operator@wichita.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!