×

AQSh: bakalavr bosqichi uchun 5000 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1874 marta

AQShda joylashgan Lewis-Clark State College oliygohining International Out-Of-State Tuition Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan eng iqtidorli chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad chet ellik iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash. Universitetda o’qitiladigan kurslar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grant dasturi har semestr yangilanib turadi. Grant yutib olgan talabaning kontraktiga o’qishning birinchi semestri uchun 1750 AQSh dollari chegirma qilinadi. Grant miqdori talabaning ko’rsatkichlariga asosan oshishi mumkin. GPA ko’rsatkichi 3 ballga yetganda grant miqdori 2125 AQSh dollariga (yiliga 3500 AQSh dollari), 3.5 ballga yetganda esa 2500 AQSh dollari (yiliga 5000 AQSh dollari)ga oshadi. Grant olishda davom etish uchun talaba har semestrda 4 ballik GPA tizimda kamida 2.5 ball to’plashi va zaruriy fanlarni o’zlashtirishi kerak. kontrakt haqida

Talablar:

Grantlar universitetga qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga beriladi. Grant baholari 4 ballik GPA tizimida 2.5dan yuqori bo’lgan, a’lochi, akademik va haxsiy yutuqlarga erishgan talabalarga berildi.

Kursga qabul uchun talablar:

  • Nomzod yuqori maktab (kollej, litsey) diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kursga qabul uchun kamida B2 darajasi talab etiladi (IELTS, TOEFL kabi testlar orqali ko’rsatiladi).
  • Kurs uchun nomzodning baholari 4 ballik GPA tizimida kamida 2 ball bo’lishi kerak. Grant uchun talab esa 2.5 ball.
  • Nomzod SAT  testidan kamida 690 yoki ACT testidan kamida 17 ball to’plagan bo’lishi kerak. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

niversitetda bir nechta turdagi grantlar mavjud va ular uchun bitta umumiy ariza beriladi. Bakalavr kursiga hujjat topshirish uchun arizalar 2019-yil 1-martgacha topshirilishi kerak.

Grantga ariza yo’riqnomasi

Grantga ariza

Qabul haqida batafsil

Kursga arizalar bu yerda topshiriladi. 2019-yil 1-martga qadar kursga ham, grantga ham ariza berish zarurligini eslatib o’tamiz. Ariza berishda odatda 50 AQSh dollari haq to’lanadi. Lekin arza to’lovi miqdori turli sabablarga ko’ra o’zgarishi mumkin, bu haqda batafsil bu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun international@lcsc.edu yoki internationaladmissions@lcsc.edu elektron manzillariga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!