×

AQSh: Bakalavr bosqichi uchun 76 000 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2589 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Indiana shtatida joylashgan Indiana University and Purdue University (IUPUI) 2019-2020-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Chancellor’s Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Honors College bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning SAT yoki ACT imtihonlaridan baholari yuqori boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

AQSh: Bakalavr bosqichi uchun 76 000 AQSh dollar grant

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Indiana University and Purdue University (IUPUI) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 30 539 AQSh dollar. Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa talaba bir yilga 45 368 AQSh dollar mablagʻ sarflaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga:

  1. Kontrakt pulini qisman qoplash uchun har yilga 19 000 AQSh dollardan 4 yilga umumiy 76 000 AQSh dollar mablagʻ
  2. Study abroad experience (oʻquv qurollari) uchun 2 500 AQSh dollar pul ajratilardi.
  3. Turar joy uchun 2 500 AQSh dollar stipendiya bilan ta’minlanadi.
  4. Honors Collegega toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyati beriladi.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitet tarkibidagi Honors College bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grant uchun baholar 4,0 dan kamida 3,75 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak. Grantga kamida SAT 1310 ball yoki ACT 28 ball boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 5.5 yoki TOEFL iBT 60 ball boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.
  • Nomzoddan esse yozib topshirish soʻraladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval oʻqishga kirishga hujjat topshirish lozim. Keyin grantga alohida ariza berish talab qilinadi.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn 15-noyabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish Apply UI yoki Common Application boʻlimi orqali amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun 65 AQSh dollar badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni iStart tizimiga yuklang. Bu haqida batafsil: shu yerda oʻqib chiqing.
  • Undan soʻng iStart tizimiga diplom ilovasini yuklaganingizdan keyin universitet sizni dastlabki saralashdan oʻtkazadi. Keyin tizimga Financial Support Agreement va English proficiencyni yuklaysiz.
  • Tizimga SAT/ACT/TOEFL sertifikatlarini yuklayotganda quyidagi universitet kodini kiriting: SAT: 1325; ACT: 1214; TOEFL (iBT): 1325.

Oʻqishga topshirish uchun kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 5.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn tarzda beriladi. Ariza hajmi 6 sahifadan iborat.

Stipendiya olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • Arizaga 400-600 ta soʻzgacha esse yozish kerak. Esseda nima uchun IUPUIda oʻqimoqchisiz va IUPUI Honors College a’zosi boʻlish sizga qanchalik muhim ahamiyatga egaligini koʻrsata olishingiz zarur.
  • CV/resume. Resume 1-2 bet boʻlishi lozim. Unda volontyorlik faoliyatingiz, erishgan yutuqlaringiz haqida yozish kerak boʻladi. Hujjat nusxasini tizimga yuklash zarur.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar Grant uchun baholar 4,0 dan kamida 3,75 boʻlishi talab qilinadi. Ularni honors@iupui.edu pochtasiga joʻnatish talab qilinadi.
  • ACT/SAT sertifikati. Grantga kamida SAT 1310 ball yoki ACT 28 ball boʻlishi lozim. Sertifikatni tizimga yuklaysiz.

Oʻqishga kirishga topshiriladigan barcha hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing. Grantga hujjat topshirish haqida esa: shu yerdan ma’lumot oling.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: honors@iupui.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!