Amerika Qoʻshma Shtatlarining Indiana shtatida joylashgan Indiana University and Purdue University (IUPUI) 2019-2020-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun Bepko Scholars Program (Full tuition and fees) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Honors College bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Grant yutib olgan nomzod boshqa talabalarga yordam berishi hamda kollejda tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda faol ishtirok etishi kerak.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Indiana University and Purdue University (IUPUI) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 30 539 AQSh dollar. Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa talaba bir yilga 45 368 AQSh dollar mablagʻ sarflaydi.
Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga:
- Kontrakt pulini toʻliq qoplab beriladi.
- Oʻquv qurollari xarajatlari qoplanadi.
- Tibbiy sugʻurta va boshqa yigʻimlar sarflari toʻliq
- Study abroad experience uchun 2 500 AQSh dollar pul ajratiladi.
- 2 yilgacha bepul turar joy bilan ta’minlanadi. Bunda nomzod oʻqishning birinchi yilida Honors Residential Based Learning Community (RBLC)da yashaydi.
- Honors Collegega toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyati beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod universitet tarkibidagi Honors College bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grant uchun baholar 4,0 dan kamida 3,75 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod boshqa talabalarga yordam berishi hamda kollejda tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda faol ishtirok etishi lozim.
- Nomzod SAT yoki ACT boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak. Grantga kamida SAT 1310 ball yoki ACT 28 ball boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Bakalavriatga IELTS kamida 5.5 yoki TOEFL iBT 60 ball boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.
- Nomzoddan esse yozib topshirish soʻraladi.
- Nomzod grant uchun arizani toʻliq va toʻgʻri toʻldirishi talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval oʻqishga kirishga hujjat topshirish lozim. Keyin grantga alohida ariza berish talab qilinadi.
Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn 15-noyabrgacha.
Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
- Onlayn ariza toʻldirish Apply UI yoki Common Application portali orqali amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun 65 AQSh dollar badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
- Keyin soʻralgan hujjatlarni iStart tizimiga yuklang. Bu haqida batafsil: shu yerda oʻqib chiqing.
- Undan soʻng iStart tizimiga diplom ilovasini yuklaganingizdan keyin universitet sizni dastlabki saralashdan oʻtkazadi. Keyin tizimga Financial Support Agreement va English proficiencyni yuklaysiz.
- Tizimga SAT/ACT/TOEFL sertifikatlarini yuklayotganda quyidagi universitet kodini kiriting: SAT: 1325; ACT: 1214; TOEFL (iBT): 1325.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Onlayn toʻldirilgan ariza.
- Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 5.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- ACT/SAT sertifikati.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
- Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
- AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.
Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn tarzda beriladi. Ariza hajmi 6 sahifadan iborat.
Stipendiya olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- Arizaga 800-1000 ta soʻzgacha esse yozish kerak. Esseda boshqalarga yordam berish nima uchun muhimligi, siz bu jarayonda ishtirok etib, qanday tajribaga ega boʻlganingizni yozish lozim. Shu bilan birga, qanday qilib volontyorlik va oʻqishni birgalikda olib borishingiz mumkinligini ham koʻrsatish zarur. Shuningdek, bu faoliyat IUPUI va IUPUI Honors Collegeda oʻqish vaqtida shaxsiy va kasbiy maqsadlaringizga erishishga qanchalik yordam berishini ham ta’kidlash kerak.
- CV/resume. Resume 1-2 bet boʻlishi lozim. Unda volontyorlik faoliyatingiz, erishgan yutuqlaringiz haqida yozish kerak boʻladi.
- 2 ta tavsiyanoma. Bunda tavsiyanoma bera oladigan 2 ta shaxsning kontaktlarini koʻrsatish lozim. Ulardan biri ilmiy rahbar, ikkinchisi esa kurator yoki ustozingiz boʻlishi kerak. Oila a’zolaringizdan olingan taqrizlar qabul qilinmaydi.
- Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar Grant uchun baholar 4,0 dan kamida 3,75 boʻlishi talab qilinadi.
- ACT/SAT sertifikati. Grantga kamida SAT 1310 ball yoki ACT 28 ball boʻlishi lozim.
Oʻqishga kirishga topshiriladigan barcha hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing. Grantga hujjat topshirish haqida esa: shu yerdan ma’lumot oling.
Nomzodlar grantga volontyorlik faoliyati, ijtimoiy faolligi, ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: honors@iupui.edu.