×

AQSh: Boston universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

01.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

21293 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlari Massachusets shtatining Boston shahrida joylashgan Boston universiteti (BU) bakalavriat kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Trustee Scholarship grant dasturini taklif etadi. Grant universitet tarkibidagi barcha bakalavr bosqichlarining 1-kursiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant har yili taxminan 20 nafar talabaga toʻrt yilgacha beriladi.

Maʼlumot uchun: Boston universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2023-yil avgust holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 93-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Boston universiteti (BU) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2023/2024 oʻquv yili holatida 63 798 AQSh dollarini tashkil etadi.

Mazkur grantni yutib olgan nomzodlar kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy talabalik toʻlovlarini toʻlashdan 4 yilgacha toʻliq ozod etiladi. Grant keyingi yillarda ham berilishi uchun talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari talab darajasida boʻlishi lozim.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitet bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Shu vaqtgacha grant yutgan koʻpchilik talabalarning maktabdagi yoki litsey/kollejdagi baholari 4,0 ballik tizimda 4,0 ballni (ya’ni 100% ni) tashkil qilgan.
  • Nomzod boshqa talabalarga yordam berishi hamda universitetda tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda faol ishtirok etishi lozim.
  • Nomzod berilgan 2 ta insho mavzusidan birini tanlab, shu mavzuda koʻpi bilan 600 soʻzli insho yozib topshirishi kerak. Insho mavzularini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Bakalavriatga IELTS kamida 7,0 yoki TOEFL iBT 90-100 ball boʻlishi talab qilinadi. Duolingo English Test natijalari ham qabul qilinadi (kamida 120-130 ball). Batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.
  • Nomzod arizani CommonApplication tizimida toʻldirishi talab qilinadi.

Grant talablari haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval oʻqishga kirishga hujjat topshirish lozim. Oʻqishga hujjat topshirishda ariza shaklining bir qismi sifatida grant inshosi ham yoziladi. Nomzodlar shu grant inshosi va boshqa koʻrsatkichi asosida saralab olinadi.

Mazkur grantga talabgorlar bakalavriat kursiga 2023-yil 1-dekabrgacha ariza topshirishi lozim.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  • Onlayn ariza toʻldirish Common Application sayti orqali amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun badal toʻlash kerak bo’lishi mumkin.

Boston universiteti bakalavrlik kurslariga ariza topshirishda taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va ularga berilgan tushuntirishlarni BU YERDAN topasiz.

Hujjat topshirish boʻyicha savollar yuzasidan intadmis@bu.edu manziliga murojaat qiling.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va bakalavriatga ariza topshirish jarayoni haqida batafsil tanishib chiqing.

Maʻlumot uchun: intadmis@bu.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!