×

AQSh: Bakalavr bosqichida tahsil olish uchun 28 000 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2303 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Indiana shtatida joylashgan Indiana University and Purdue University (IUPUI) 2019-2020-oʻquv yilining kuzida boshlanadigan kurslar uchun International Ambassador dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda dars beriladigan barcha bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Nomzodning IELTS/TOEFL va SAT/ACT imtihonlaridan baholari yuqori boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Indiana University and Purdue University (IUPUI) bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 30 539 AQSh dollar. Yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlar uchun esa talaba bir yilga 45 368 AQSh dollar mablagʻ sarflaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qisman qoplash uchun har yilga 7 000 AQSh dollardan umumiy 28 000 AQSh dollar mablagʻ beriladi. Grant muddatini har yiliga uzaytirish ushun oʻzlashtirish koʻrsatkichi a’lo darajada boʻlishi talab qilinadi.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod SAT (kamida 560) yoki ACT (English 21ball) ga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Grantga IELTS kamida 6.5/TOEFL iBT 80 ball boʻlishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn 15-noyabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Onlayn ariza toʻldirish Apply UI yoki Common Application boʻlimi orqali amalga oshiriladi. Ariza toʻldirish uchun 65 AQSh dollar badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni iStart tizimiga yuklang. Bu haqida batafsil: shu yerda oʻqib chiqing.
  • Undan soʻng iStart tizimiga diplom ilovasini yuklaganingizdan keyin universitet sizni dastlabki saralashdan oʻtkazadi. Keyin tizimga Financial Support Agreement va English proficiencyni yuklaysiz.
  • Tizimga SAT/ACT/TOEFL sertifikatlarini yuklayotganda quyidagi universitet kodini kiriting: SAT: 1325; ACT: 1214; TOEFL (iBT): 1325.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 80 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati. SAT (kamida 560) yoki ACT (English 21ball) boʻlishi kerak
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi
  • AQSh yoki boshqa xalqaro oʻqish standartlariga mos kelmaydigan attestat/diplom topshirilganda 1 yillik Foundation kursidan oʻtish talab qilinishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: oiaunder@iupui.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!