×

AQSh – bakalavr kursida bepul o’qish, bepul oziq-ovqat, yotoqxona, darsliklar, noutbuk va 12 000 AQSh dollari stipendiya – qabul uchun esa SAT talab etilmaydi!


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4311 marta

AQShda joylashgan University of Miami tomonidan taqdim etiladigan nufuzli Stamps Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan iqtidorli xorijlik talabalar uchun mo’ljallangan va universitetdagi eng nufuzli grant dasturi hisoblanadi. Mayami universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bu yerda keltirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stamps Scholarship dasturi to’liq grant bo’lib, uni yutib olgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Talaba 4 yil davomida bakalavr kursi o’qish to’lovidan butunlay ozod qilinadi.
  2. Talaba universitet yotoqxonasida bepul yashash imkoniyatiga ega bo’ladi.
  3. Grantni yutib olgan talabaga universitet oshxonasida yil davomida bepul ovqatlanish imkoniyati beriladi.
  4. Talabaning salomatligi sug’urta qilinadi.
  5. Talaba kompyuter sotib olishi uchun qo’shimcha mablag’
  6. Talabaning darsliklari va o’quv qurollari uchun ketadigan xarajatlari qoplab beriladi.
  7. Talabaga o’qishga aloqador maqsadlarda sarf qilish uchun 12 000 AQSh dollari qo’shimcha grant
  8. Undan tashqari, talaba Stamps Scholarship grantini yutib olgan iqtidorli talabalar tarmog’i bilan bog’lanish, yetakchilik va tadqiqot va madaniy tadbirlarda ishtirok etish va tadqiqot uchun qo’shimcha mablag’ olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Grant olishda davom etish uchun talaba universitet qoidalariga amal qilishi va baholari 4 ballik GPA shkalasida 3 balldan tushib ketmasligi shart.

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollej, litsey) tamomlagan bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak. Grant yutib olish istagidagi nomzodlar uchun a’lo baholarga o’qiganlik ayniqsa muhim. Bakalavr kurslariga yaxshi baholar bilan o’qishga kirish mumkin. ammo grantlar eng a’lochi nomzodlarga beriladi.
  • Odatda bakalavr kurslariga qabul uchun SAT yoki ACT testlari talab qilinadi, lekin 2021-yil kuzgi qabul uchun bu test natijalarini topshirish majburiy emas.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS va TOEFL kabi testlardan qanday ball talab etilishi bilan bu yerda
  • Ba’zi yo’nalishlardagi kurslarga qabul uchun qo’shimcha talablar mavjud. Ushbu kurslar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun bakalavr kursiga bu yerda 2020-yil 1-noyabrgacha hujjat topshiring. Ariza topshirishda 70 AQSh dollari to’lovni amalga oshirish kerak bo’ladi. 2021-yil kuzgi kurslarga ariza topshirayotgan nomzodlar quyidagi savolga javob sifatida 250 so’zli insho yozishlari kerak bo’ladi:

“The University of Miami’s official mascot is the ibis. Folklore maintains that the native marsh bird is the last to take shelter before a hurricane hits and the first to emerge once the storm passes, making it an apt symbol of courage and resilience.

Considering your ability to control your own motivation and behavior, how have past experiences helped build your courage and resilience to persist in the face of academic and life challenges so that, once these storms pass, you can emerge in continued pursuit of your goals?” Undan tashqari, 650 so’zli shaxsiy bayonot (personal statement) ham talab etiladi. Hujjat topshirish jarayoni va kerakli hujjatlarni qanday topshirish bu yerda batafsil tushuntirilgan. Ma’lumot uchun admission@miami.edu elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!