×

AQSh: bakalavr kursida o’qish uchun 15000 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1535 marta

AQShda joylashgan Claremont McKenna universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladigan The McKenna Achievement Award dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 15000 AQSh dollari taqdim etiladi. Kontrakt to’lovlari haqida

Talablar:

  1. Nomzod Claremont McKenna universitetida o’qitiladigan magistratura kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod yuqori maktab/litsey yoki kollej shahodatnomasiga/diplomiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Grant yutib olish uchun – nomzod juda yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi, o’zida shijoat, ishtiyoq, yetakchilik sifatlarini namoyon qilishi va turli yutuqlarga erishgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

The McKenna Achievement Award grant dasturiga alohida ariza berish talab etilmaydi. Bakalavr kursiga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. Grantlar talabalikka tavsiya etilganlar orasidagi eng umidli va iqtidorlilariga belgilanadi. Grantni yutib olish istagidagi nomzodlar bakalavr kursiga 2020-yil 1-dekabrgacha hujjat topshirishlari kerak. Kursga ariza berish uchun bu yerga bosing. Ariza topshirish uchun 70 AQSh dollari to’lovni ham amalga oshirish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza
  • 12 yillik majburiy ta’lim shahodatnomasi/diplomi
  • Baholar
  • Ingliz tili sertifikati
  • SAT yoki ACT test natijalari (ixtiyoriy)
  • CSS profil (grant uchun) – bu yerda yoziladi
  • Nomzod o’qigan maktab/kollejdan ikkita tavsiyanoma
  • Insho (ariza topshirish jarayonida ko’rsatiladi). Ariza topshirish haqida batafsil

Ma’lumot uchun admission@cmc.edu elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!