×

AQSh: bakalavr kurslari uchun 10000 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

15.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1285 marta

AQShda joylashgan Northern Arizona University bakalavr kurslariga qabul qilingan a’lochi talabalar uchun ajratilgan International Excellence Award grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan talabaning o’qish to’lovi uchun 10000 AQSh dollari miqdoridagi mablag’ to’lab beriladi. O’qish to’lovlari haqida

Talablar:

  • Nomzod yuqori maktab, litsey yoki kollejni tamomlagan va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak. Grant olish uchun eng a’lochi talabalar saralab olinadi.
  • Nomzodning ingliz tilini bilish darajasi kamida IELTS 60, TOEFL IBT 70, Duolingo 95 bo’lishi kerak. Batafsil
  • Nomzodning o’rtacha baholari 4 ballik GPA tizimida kamida 3 ballni tashkil etishi va grant taqdim etilganidan keyin ham tushib ketmasligi kerak.
  • Grant taqdim etilgan talabalar univetsitetda turli mashg’ulotlarga ko’ngilli sifatida jalb etilishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutish uchun alohida ariza berish shart emas. Bakalavr kursiga hujjat topshirgan nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qo’yiladi. Talabalikka tavsiya etilganlar ichidan eng yuqori ko’rsatkichlarga egalariga grant belgilanadi.

Bakalavr kurslariga arizalar bu yerda topshiriladi. Ariza topshirishning so’nggi kuni 2021-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun 15-sentyabr, 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun 1-mart. Hujjat topshirish to’lovi – 50 AQSh dollari.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport nusxasi
  • Maktab, kollej yoki litsey shahodatnomasi yoki diplomi baholari bilan
  • Ingliz tili testi sertifikati
  • Moliyaviy holat to’g’risida ma’lumotnoma (moliyaviy kafolat).

Ushbu hujjatlar onlayn ariza topshirish jarayonida topshirilishi kerak. Hujjatlarni ariza berib bo’linganidan keyin studynau@nau.edu manziliga yuborish ham mumkin.

Murojaat uchun studynau@nau.edu elektron manziliga xabar yo’llang.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!