×

AQSh: bakalavr kurslarida o’qish uchun 30 000 AQSh dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1396 marta

AQShda joylashgan Wooster College universiteti tomonidan beriladigan Need Merit Based Scholarships grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Wooster College’da mavjud barcha yo’nalishlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzod olga baholaridan kelib chiqib yiliga 5 000 – 30 000 AQSh dollari orasida grant yutib olishi mumkin. Baholar va yutuqlari eng yuqori talabalarga eng ko’p grant ajratiladi. Nomzodning baholaridan kelib chiqib belgilanadigan barcha grantlar ro’yxati bu sahifada, sahifaning o’ngi tomonidagi “Merit Scholarships” bo’limida ko’rsatilgan. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollej, litsey) bitirgan bo’lishi va baholari a’lo bo’lishi kerak. Grantlar eng yuqori natijalarga ega talabalarga belgilanadi.
  • Nomzod IELTS, TOEFL, SAT, ACT, PTE Academic yoki Duolingo testlaridan biri sertifikatini taqdim etishi zarur. Batafsil
  • Nomzod Wooster College bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ijtimoiy faol, yetakchilik sifatlari va aniq maqsadga ega shaxs bo’lishi va o’qishga kirgandan keyin ham universitetning eng yaxshi talabalaridan biri bo’lishi zarur.
  • Nomzod hujjat topshirgach, ixtiyoriy suhbatdan o’tishi tavsiya etiladi. Bu majburiy emas, ammo foydali.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarni yutib olish uchun nomzod bakalavr kursiga hujjat topshirishi kerak. Arizalar 2020-yil 1 va 15-noyabrgacha qabul qilinadi. Bakalavr kursiga arizalarni Common Application yoki Coalition Application orqali topshirish mumkin. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun admissions@wooster.edu elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!