×

AQSh: bakalavr kurslarida o’qish uchun 50% grantlar


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

583 marta

AQShda joylashgan Emory Universiteti tarkibidagi Oxford College tomonidan taqdim etiladigan Faculty Scholars grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant Emory universiteti Oxford College filialidagi bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Oxford College bakalavr kurslari ro’yxati bu yerda berilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Faculty Scholars grantini yutib olgan talabaga 4 yillik bakalavr kursida o’qish uchun 50% grant beriladi. Grantni har yili olish uchun talabaning o’rtacha bahosi 4 ballik GPA tizimida 3.4 dan pasaymasligi kerak.

Talablar:

  • Grantni yutib olish uchun nomzod Emory universiteti bakalavr kurslaridan biriga 15-noyabrgacha hujjat topshirishi kerak.
  • Grantlar maktabda (litseyda yoki kollejda) eng yuqori baholarga o’qigan talabalarga beriladi. Grant belgilanishida yagona mezon talabaning baholari hisoblanadi.
  • Bakalavr kursiga o’qishga qabul qilinish uchun nomzod maktabni (litseyni, kollejni) tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil
  • Agar talaba Oxford College Faculty Scholars grantini yutib olsa, o’qishni kamida bir yilini Oxford College filialida o’qishi kerak bo’ladi.
  • Bakalavr kurslariga qabul uchun AQShdan boshqa davlat fuqarolariga qo’yilgan talablar bilan bu yerda
  • Odatda, Emory universiteti bakalavr kurslariga o’qishga kirish uchun ACT yoki SAT imtihonlarini topshirgan bo’lish shart. Lekin 2020-21 o’quv yili uchun bu talab bekor qilingan. Ya’ni, o’qishga kirish uchun SAT yoki SAT natijalarini taqdim etmaslik ham mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Emory universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kerak. Agar hujjatlarni 2020-yil 15-noyabrgacha topshirsangiz, grant uchun nomzodlikka qo’yilasiz. Arizani to’ldirishda grantga oid qismini ham qo’shib to’ldirsangiz kifoya.

Ariza to’ldirishda AQSh bakalavr kurslariga hujjat topshirishda foydalaniladigan Common Application yoki Coalition Application arizalaridan birini to’ldirish kerak bo’ladi. Hujjat topshirish uchun bu yerga bosing.

Bakalavr kurslariga qabul haqida qo’shimcha ma’lumot uchun yoki savollaringiz bo’lsa admission@emory.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!