×

AQSh: bakalavr kurslarida o’qish uchun yiliga 30 000 dollargacha Merit grantlari


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1173 marta

AQShning Texas shtatida joylashgan Trinity universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladigan Merit Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar eng yuqori akademik ko’rsatkichlar va yutuqlarga ega, bakalavr dasturining 1-kursiga o’qishga qabul qilingan talabalarga beriladi. Universitetda o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing. Grantlar universitetga hujjat topshirgan va qabul qilingan talabalar ichidan eng yuqori o’rinda turgan talabalar uchun ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Merit grantlari tarkibida quyidagi grantlar mavjud:

  1. Murchison Scholarship: har yili 18 000 AQSh dollaridan 30 000 AQSh dollargacha grant;
  2. Trustees’ Scholarship: har yili 18 000 AQSh dollaridan 30 000 AQSh dollargacha grant;
  3. Presidential Scholarship: har yili 18 000 AQSh dollaridan 30 000 AQSh dollargacha grant;
  4. Dean’s Scholarship: har yili 18 000 AQSh dollaridan 30 000 AQSh dollargacha grant;
  5. Trinity Tiger Award: har yili 12 000 AQSh dollarigacha grant;
  6. Transfer Scholarship (o’qishini Trinity universitetiga ko’chirayotganlar uchun): har yili 10 000 AQSh dollaridan 30 000 AQSh dollargacha grant.

Talablar:

  • Nomzod maktab/litsey/kollej diplomiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida TOEFL iBT 100, IELTS 7,0 yoki Duolingo 120 sertifikatiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ACT yoki SAT kabi standartlashtirilgan test natijalarini ixtiyoriy tarzda topshirishi mumkin. Bu testlarni topshirgan va topshirmagan nomzodlarning arizalari teng hisoblanadi.
  • Nomzod Trinity universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Hujjat topshirgan nomzodlar baholari, insholari, darsdan tashqari mashg’ulotlarda faollik darajalari, tavsiyanomalar va test natijalariga asosan saralanadilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Trinity universiteti bakalavr kurslariga o’qishga hujjat topshirgan nomzodlardan talabalikka qabul qilingan barchasi merit grantlariga da’vogarlik qiladilar. Shuning uchun, grantning o’ziga alohida hujjat topshirish talab etilmaydi.

Bakalavr kurslariga 2020-yil 1-noyabrgacha hujjat topshirish mumkin. Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Ariza to’ldiring. Trinity universitetiga “common app”, “coalition app” yoki “ApplyTexas app” ariza tizimlari orqali ariza topshirish mumkin. Barchasi bu yerda
  • Maktabdagi/litsey/kollejdagi sinf rahbaringiz, maslahatchi yoki direktori “Secondary School Report” shaklini to’ldirishi va siz uchun tavsiyanoma berishi zarur. Bu onlayn arizaning maxsus qismida ko’rsatiladi.
  • Maktabda/kollej/litseyda o’tilgan asosiy fanlardan birining o’qituvchisi “Teacher Evaluation Form” shaklini to’ldirishi va siz uchun tavsiyanoma berishi zarur. Bu onlayn arizaning maxsus qismida ko’rsatiladi.
  • Grantga da’vogarlik qilishda kerakli ma’lumotlarni ko’rsatish maqsadida CSS profile yoki International Student Financial Aid Application arizasi to’ldiriladi. Hujjat topshirish jarayoni bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Savollaringiz bo’lsa, bu yerga kirib, “contact us” bo’limida ko’rsatilgan shaxslar bilan bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!