×

AQSh: Bakalavr bosqichini oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1775 marta

AQShning Ogayo shtati, Kent shahrida joylashgan Kent State University (KSU) #YouAreWelcomeHere Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kent State University bakalavriat kurslarida kontrakt toʻlovi yiliga taxminan 19 458 AQSh dollar. Chet ellik talaba yashash, oziq-ovqat va tibbiy sugʻutra kabi barcha xarajatlar uchun bir yilga taxminan 39 152 AQSh dollar toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻlovidan 4 yil davomida har yilga 50%-100% yoki har yilga 8 000-9 000 USD chegirma qilinadi.

Grant kontraktni qisman yoki toʻliq qoplaydi. Yashash xarajatlari va kontraktning qolgan qismini talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga ariza topshirgan va 1-kursga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod madaniy tolerant va ijtimoiy faol boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Grant uchun GPA 4,0 dan kamida 3,0 (75 foiz ijobiy) boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  6. Nomzod oʻrta maktabni AQShdan tashqari davlatda oʻqigan boʻlishi lozim.
  7. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga va kursning maxsus talablariga mos kelishi lozim.
  8. AQShda oʻqish uchun nomzodning moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻqish va grantga arizalar 1-oktabrgacha (2020-yil bahorgi semestr) qabul qilinadi. Nomzodlardan avval oʻqishga kirishga hujjat topshirish talab etiladi. Grantga alohida ariza topshiriladi. Grantga esa dedlayn 15-dekabrgacha. Grant yutish uchun oʻqishga ertaroq ariza berish talab qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:

  1. Avvalo universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlash lozim.
  2. Kurs sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldirish kerak.
  4. Ariza topshirishga 70 funt-sterling badal toʻlanadi.
  5. Arizaga kerakli hijjatlar ilova qilib, joʻnatiladi.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Ingliz tili sertifikati (Odatda IELTS 6.5-7.0 va/yoki undan yuqori).
  5. Bank statement. Chunki talaba yashash xarajatlari va kontraktning qolgan qismini toʻlashga qurbi yetishi kerak.
  6. Moliyaviy ahvol haqida ma’lumotnoma.
  7. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  8. Rezyume (agar soʻralsa).

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda berilgan.

Grantga ariza topshirish. Grant yutib olish uchun ariza shaklini toʻldirib, dedlaynga qadar joʻnating. Ariza ichida 500-1000 ta soʻzdan iborat esse yoki 2-5 daqiqalik video topshiring. Esse yoki videoda nmadaniyatlar almashuvi, AQShda oʻqish davomida vaqtingizni qanday oʻtkazmoqchilsiz va qaysi loyiha ustida ishlashni xohlashingiz haqida fikr bering.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli bilimlari, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: + 1-330-672-7980

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!