×

AQSh: Bakalavr va magistratura uchun 13 000 AQSh dollargacha grant


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2375 marta

Amerika Qo`shma Shtatlarining Arizona shtatida joylashgan Northern Arizona University 2020-oʻquv yilining bahorida boshlanadigan kurslar uchun International Excellence Award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet Flagstaff kampusining bakalavriat va graduate degree-seeking kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant biruch yilgacha beriladi. Grantga nomzod talabaning universitetda tashkil etiladigan jamoat ishlarida ishtirok etish uchun tayyorligi va baholari yuqori bo`lishi inobatga olinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Northern Arizona Universityda bakalavr kuslari uchun kontrakt toʻlovi 2019-oʻquv yili uchun taxminan 25 394 AQSh dollar. Graduate program uchun esa tanlangan kursga qarab to`lov hajmi farq qiladi. Kontrakt pulini tanlagan kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yilgacha kontrakt pulini qisman qoplash uchun 10 000 dan 13 000 AQSh dollargacha mablag` beriladi. Grant muddatini har yiliga uzaytirish ushun o`zlashtirish ko`rsatkichi a’lo bo`lishi talab qilinadi. Ya’ni, GPA kamida 4,0 dan 3,5 bo`lishi kerak.

Dastur grant yutib olgan nomzodning tibbiy sig`urta, turar joy, ovqatlanish kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Barcha ma’lumot: SHU YERDA ko`rsatilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitet Flagstaff kampusida o`qitiladigan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. GPA kamida 4,0 dan 3,0 bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod universitet tomonidan jamoat ishlariga jalb etiladi. Shuning uchun talabgor jamoat ishlarida qantashishga tayyor bo`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet Flagstaff kampusida o`qitiladigan barcha bakalavriat va graduate kurslarida oʻqish uchun beriladi. O`qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning hammasi grantga da’vogar hisoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.

Bahorgi semestr uchun hujjat topshirish dedlayni 1-oktabrgacha. Semestrda o`qish 2020-yil yanvar oyida boshlanadi.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi. Talabga ko`ra baholar kamida 75% ijobiy bo`lishi kerak. Ya’ni GPA 4,0 dan kamida 3,0-3,5.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,0-6,5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • ACT/SAT sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma talab qilinishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat so`ralishi mumkin.
  • Magistratura uchun research proposal va tavsiyanoma, ish joyidan ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Grant haqida batafsil ma’lumot: SHU YERDA.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, ijtimoiy faolligi, jamoat ishlarida qantashishga tayyorligi, yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil dekabr oyi oxirigacha xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: studynau@nau.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!